Yangiliklar

24 Iyun 2024

“93-maxsus trest” AJ ustav kapitalidagi 85,71 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayonlari “Toshkent” Respublika fond birjasiga joylashtirildi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “93-maxsus trest” AJ (keyingi oʻrinlarda – "Emitent" / "Aktiv") ustav kapitalidagi 85,71 foiz davlat aksiyalar paketini xususiylashtirish belgilangan.

Shunga koʻra, xususiylashtirish jarayonlari "Toshkent" Respublika fond birjasining MQQMP Nego savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda – Savdo platformasi) orqali birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:

"93-maxsus trest" AJ – Maxsus montaj qurilish ishlari, noturar bino va inshootlarni qurish ishlarini tashkil qiluvchi korxona hisoblanadi.

  • Korxonaning yuridik manzili: Toshkent shahri, Mirobod tuman Chimkent koʻchasi, 17 uy.
  • Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarning emitent ustav fondidagi foizi – 85,71 foiz;
  • Savdoga chiqarilayotgan aksiyalarining umumiy soni – 5 397 967 dona (oddiy) aksiya;
  • Bir dona aksiyaning nominal narxi – 500,0 (besh yuz) soʻm;
  • Bir dona aksiyaning savdoga qoʻyishdagi boshlangʻich narxi – 7 872(yetti ming sakkiz yuz yetmish ikki) soʻm;
  • Aktivning boshlangʻich qiymati – 42 492 796 224 (qirq ikki milliard to‘rt yuz to‘qson ikki million yetti yuz to‘qson olti ming ikki yuz yigirma to‘rt) soʻm;
  • Emitentning ustav fondi miqdori – 3 148 983 500,0 (uch milliard bir yuz qirq sakkiz million toʻqqiz yuz sakson uch ming besh yuz) soʻm;
  • Savdo tashkilotchisi –"Toshkent RFB" AJ;
  • Lotlar soni – 1 (bir) ta;

Emitent haqidagi barcha maʼlumotlar, jumladan moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan korporativ axborot yagona portali www.openinfo.uz sahifasi orqali tanishish mumkin.

Bitimni amalga oshirish jarayoni:

Savdolar "Toshkent" RFBning maxsus platformasi, MQQMP Nego savdo platformasida 24.07.2024 yildan boshlanadi. (havola)

Birja bitimi eng yuqori taklifni taqdim etgan talabgor bilan birja qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Ushbu savdo jarayonlariga barcha talabgorlarni ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga +998(71)207-05-19 va +998(97) 381-75-75 aloqa raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Diskleymer

Talabgorlar davlat aksiyalarining sotuvchisi yoki sotuvchining investitsiya vositachisi hamda emitentdan davlat aksiyalarini sotib olish uchun oʻzi qaror qabul qilishi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha axborotni soʻrash va olishga haqlidir, oʻzining xususiyatiga koʻra xizmat yoki tijorat siri hisoblangan axborot bundan mustasno.

75 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текстPowered by GSpeech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu