546 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 30,6 mlrd so'm bo'lgan 549 ta lot 42,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 4 ta
- boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 2,1 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 552,1 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bo'sh turgan bino 717,8 mln so‘mga sotildi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 3 ta
- boshlang'ich narxi 5,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 8,6 mlrd so‘m
Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 2,3 mlrd so‘m bo‘lgan “O'zsanoatqurilishbank" AJ balansidagi noturar bino 2,4 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 129 ta
- boshlang'ich narxi 2,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 5,5 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 2,8 mln so‘m bo‘lgan Toshkent davlat agrar universiteti balansidagi yordamchi bino qismi 133,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 83 ta
- boshlang'ich narxi 7,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 9,7 mlrd so‘m
- yer maydoni 24,1 ga
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidan boshlang‘ich narxi 2,6 mlrd so‘m bo‘lgan ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot institut va laboratoriyalari qurish uchun 60 sotix yеr uchastkasi 2,7 mlrd so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 209 ta
- boshlang'ich narx 4,6 mlrd so'm
- sotilgan narx 6,3 mlrd so'm
- yer maydoni 252,7 ga
Ko'chma savdo joylari:
- soni 53 ta
- boshlang'ich narxi 15 mln so‘m
- sotilgan narxi 295 mln so‘m
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 44 ta
- boshlang'ich narxi 8,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 8,6 mlrd so‘m
Toshkent shahri Yangi hayot tumanidan boshlang'ich narxi 704,5 mln so‘m bo'lgan turar joy hovli 732,7 mln so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 1 091 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,5 trln so'm bo'lgan 149 617 ta lot savdoga qo'yilgan.