Yangiliklar

27 May 2024

“International” mehmonxonasini ommaviy savdolari boshlandi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Davaktiv agentligi) “InterHotel” MCHJdagi 100% davlat ulushini (keyingi oʻrinlarda – Aktiv/Mehmonxona) xususiylashtirishning muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida savdo jarayonlari boshlanganligini eʼlon qiladi.

Xususiylashtirish boʻyicha konsultant sifatida “Deloitte” kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – Deloitte)  jalb etilgan.

Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:

Mehmonxona 232 ta xonalar, 7 ta konferens zallar, 2 ta restoran, barlar, yozgi terrasa, fitnes-klub va basseynni oʻz ichiga oladi.

Umumiy 3,0 ga yer maydonida 44,903 kv.m. bino va inshootlar joylashgan.

Mehmonxona va Accor guruhi kompaniyasi oʻrtasida imzolangan sublitsenziya shartnomasi mavjud boʻlib, unda Mövenpick brendidan, shuningdek, TARS Accor Hotels tarmogʻining bron qilish tizimi va boshqa IT tizimlaridan foydalanish huquqi mavjudligi koʻzda tutilgan.

Sotish jarayoni toʻgʻrisida:

Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar (keyingi oʻrinlarda – Ishtirokchilar) uchun ochiq boʻlgan muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida tashkil etiladi.

Savdo jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi, jumladan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest), Majburiyatga ega boʻlmagan taklif (NBO) hamda Majburiyatga ega boʻlan taklif (BO) bosqichlari, yakuniy bosqichda taklif etiladigan qat'iy narx taklifining kamida 1 foizini kafolatli toʻlov sifatida amalga oshrilishi belgilanadi.

Ishtirokchilardan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi doirasida quyidagi maʼlumotlarni taqdim etishlari soʻraladi:

  1. Ishtirokchi toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (shu jumladan, STIR va faoliyat turi);
  2. Ishtirokchi ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aksiyadorlar/taʼsischilar (egalik ulushi koʻrsatilgan holda) va yakuniy benefitsiarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
  3. Oxirgi 3 yilgi faoliyati boʻyicha moliyaviy hisoboti (MHXS afzalroq).

Qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi ariza Ishtirokchining xohishiga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida jmamadjanov@deloitte.uz elektron pochta manziliga yuborishlari lozim.

Arizalarni qabul qilish muddati - 2024-yil 4-iyul soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar.

Ushbu savdo bosqichi doirasida, maslahatchi tomonidan potensial investorlarni jalb qilish maqsadida “Deloitte” xalqaro aloqalari orqali investitsiya tizerlarini tarqatish amalga oshiriladi.

Qabul qilingan arizalar quyidagi mezonlar boʻyicha saralanadi:

  • davlat ulushini sotib olish uchun toʻlovga qobiliyatliligi;
  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin boʻlgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya etilishi;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmagan boʻlishi lozim. Shu bilan birga, ariza topshirilgan sanada talabgorlar sanksiyalangan shaxs/(lar) yoki yuqorida aytib oʻtilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov obyekti/(lar) boʻlmasligi kerak. Shuningdek, talabgorlar (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri yuqorida aytib oʻtilgan muassasalar va davlatlarning sanksiyalar rejimiga zid boʻlgan har qanday faoliyatga (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki biron bir shoʻba korxonasi orqali) jalb etilmagan boʻlishlari lozim va Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri), shuningdek uning tegishli shaxslaridan birortasining asosiy moliyalashtiruvchi tomonlari yoki kreditorlari sanksiyadagi shaxslar yoki sanksiyadagi shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan egalik va nazorat qilinadigan banklar yoki moliya institutlari boʻlmasligi lozim.

Arizalarni qabul qilish tugallangandan soʻng, Deloitte tomonidan ishtirokchilarga tegishli xat orqali keyingi jarayonni tashkil etish toʻgʻrisida individual ravishda xabardor qilinadi.

Ushbu loyiha doirasida qoʻshimcha maʼlumotlar uchun quyidagi aloqa kanallariga murojaat qiling:

Jahongir Mamadjonov, Deloitte kompaniyasining Toshkentdagi direktori: jmamadjanov@deloitte.uz, tel. +998 90 188 71 11;

Shoxrux Oxunov, Davlat aktivlari agentligi Departament boshligʻi: sh.ohunov@quallitygreen.com, tel. +998 71 259 20 23.

Keyingi Majburiyatga ega boʻlmagan taklif (NBO) qabul qilish bosqichga oʻtgan potensial investorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi bitim (NDA) imzolanadi va majburiyatga ega boʻlmagan tijorat takliflarini tayyorlash uchun Aktiv faoliyati toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar saqlanadigan virtual maʼlumotlar xonasiga (VDR) kirish taʼminlanadi.

Majburiyatga ega boʻlgan taklif (BO) takliflarni qabul qilish bosqichiga oʻtgan talabgorlarga  “Deloitte” kompaniyasi tomonidan tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar (Due-diligence) bilan tanishish, aktivga tashrif buyurgan holda uning boshqaruv organiga savollar berish imkoniyati yaratiladi.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikni qoʻshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.

Diskleymer

Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davaktiv agentligi, Mehmonxona va Deloitte ning Aktivni sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va Deloitte (Savdo doirasida Davaktiv agentligining eksklyuziv moliyaviy maslahatchisi vazifasini bajaruvchi) oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday munosabatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga oʻzgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor tomonlar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Mehmonxona va Deloitte tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;

(iv) va/yoki istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Savdoga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.

2752 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текстPowered by GSpeech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu