Til - munosabatlar kaliti

AKTIV   (lot. activus – faol, harakatchan)   1 Korxona yoki tashkilotning mulki va resurslari ( bino, mashina, qimmatbaho qog‘ozlar va b.). .. bir qancha savdo-sotiq maydonchalari mavjud: davlat aktivlarini sotish maydonchasi, raqobatli-ustuvor savdolar maydonchasi.. Gazetadan. Pulga tez aylanishi (sotilishi) mumkin bo‘lgan.. aktivlar (veksellar, oltin, naqd pul va b.) likvid aktivlar deyiladi. “O‘zME”. 2  bux. Balansning kirim, daromad qismi; zid. Passiv  Moliya menejmenti, aktivlar va passivlarni boshqarish.. Gazetadan.

APROBATSIYA  (lot. approbatio – maʼqullash, tasdiqlash). 1 Tekshirish, sinash va muhokama asosida rasmiy suratda  maʼqullash. O‘quv dasturlarini aprobatsiya qilish. 2 q/x. Eng yaxshilarini urug‘likka ajratish maqsadida ekinlarning hosil sifatini aniqlash.

ARXIV  (lot.  archivum   va  yun. archeion – muassasa)  1  Eski hujjatlar, yozma va grafik yodgorliklarni saqlash, sistemalashtirish va tavsiflash bilan shug‘ullanadigan maxsus muassasa. Davlat arxivi.2 Muassasaning eski hujjatlar, tugallangan ishlar va sh.k. saqlanadigan bo‘limi. Institut arxivi.3 Biror muassasa yoki shaxsning ish faoliyatiga aloqador bo‘lgan xatlar, qo‘lyozmalar, fotosuratlar va sh.k. yig‘indisi, majmui. Yozuvchining shaxsiy arxivi.

BLANK, BLANKA (fr. blanc– oq)  Grafalarning bo‘sh,  ochiq qolgan  o‘rinlarini kerakli  vaqtda to‘ldirish uchun mo‘ljallab bosmaxonada  nashr etilgan tayyor varaqa, bosma ish qog‘ozi (so‘rovnoma, xat-hujjat va sh.k.).

BYURO (fr.bureau – devonxona, idora; yozuv stoli) 1 esk. Baʼzi muassasa, tashkiloti va sh.k.da rahbarlik ishini olib borish maqsadida saylanadgan yoki taʼsis etiladigan kollegial organ; shu organ o‘tkazadigan majlis. 2  Baʼzi bir muassasa, tashkilot yoki ulardagi bo‘limlar nomi.

IJTIMOIY  ( a. ٳجتماعي – jamoa, jamiyatga oid)   1  Inson va jamiyat hayotiga oid. Ijtimoiy fanlar – inson va jamiyat hayotiga oid  ilmlar majmui.  2 Jamiyatdagi tabaqa, sinf va sh.k.ga mansublikni belgilovchi. Ijtimoiy guruhlar. Aholining ijtimoiy tarkibi.   Ijtimoiy kelib chiqish.3  Jamiyat bilan bog‘langan, jamiyatga, jamoatchilikka  oid. Ijtimoiy harakat. Ijtimoiy fikrning rivoji. Ijtimoiy mehnat. 4 Jamiyatning, jamoatchilikning ehtiyoji uchun (evazsiz) xizmat etuvchi. Ijtimoiy tashkilot. Ijtimoiy taʼminot. Ijtimoiy topshiriq. Ijtimoiy ishlar. 5 Jamoatchilikka tegishli, jamoatchilik o‘rtasidagi. Ijtimoiy mulk. Ijtimoiy munosabatlar.

INTEGRATSIYA   (lot. integration – tiklash, qaytadan boshlash, to‘ldirish)  1 Ayrim qismlarning, elementlarning bog‘liqlik holatini, ularni qo‘shib birlashtiruvchi tushuncha. 2 Fanlarning yaqinlashishi va o‘zaro bog‘lanish jarayoni. 3 Ikki va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o‘zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish.

INTELLEKTUAL  (lot. intellectus – aql-idrok, bilish; tushunish) 1 Maʼnaviy ehtiyojlar bilan  yashovchi yoki aqliy  faoliyatning eng yuksak va murakkab  turlari bilan shug‘ullanuvchi (shaxs). 2 Intellektga oid; aqliy, maʼnaviy. Intellektual mulk. Ushbu qonun, eng avvalo, yoshlarning intellektual qobiliyatlarini hisobga oladi. Gazetadan.

KOMITENT (lot. committens, commitentis – topshiruvchi, topshiriq beruvchi) Komissionerga o‘zining, yaʼni komitent hisobidan, lekin komissioner nomidan savdo bitimini tuzish haqida topshiriq beruvchi tomon (shaxs yoki tashkilot).

KLIP  (ingl. slip – uzib, yulib olmoq; kesib qo‘ymoq) 1 Estrada va b. xil qo‘shiqlarni uzuq-uzuq badiiy lavhalar, dekoratsiya, peyzaj manzaralari bilan qo‘shgan holda tasvirga tushirish va shu tasvirning o‘zi; qisqa videotasvir. 2  Qisqacha reklama filmi.

REPRIVATIZATSIYA   [ re..  +  privatizatsiya ]  iqt.  Ilgari davlat ixtiyoriga olingan yer-mulk, korxona, bank, aksiya kabilarni qaytadan xususiylashtirish.  Reprivatizatsiya qilmoq.

RENTA [ nem. Rente, fr. rente < lot. reddita – qaytarib berilgan (narsa)] iqt.1 Mulk egalarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmasdan, yer yoki mol-mulkdan foiz shaklida muntazam oladigan daromadi.  Differensial renta. Absolyut renta. Yer rentasi. ==Bozor iqtisodiyoti tizimida yerni ishlatishdagi keng tarqalgan usul uni ijaraga berib, renta olishdir. Gazetadan.  2 Ayrim mamlakatlarda davlat zayomlari oblegatsiyalari bo‘yicha foiz yoki yutuq shaklida to‘lanadigan daromad.

RENESSANS  [fr. Renaissance –Uyg‘onish; qaytadan yuzaga kelish, tiklanish] Insoniyatning maʼnaviy va g‘oyaviy taraqqiyotidagi uyg‘onish, ko‘tarilish davri  (Yevropaning  bir qator mamlakatlarida bu davr 14 – 16 - asrlarga to‘g‘ri keladi). Bu davr tarixida meʼmorchilik, adabiyot, tasviriy sanʼat, ilohiy va dunyoviy ilmlar rivojlanib, temuriylar sulolasini buyuk renessans – uyg‘onish davri yaratuvchilari, desak xato qilmaymiz. Gazetadan.  Insoniyat to‘g‘risidagi qarashlar Renessans davrida yana-da yuksaklikka ko‘tarila boshladi. «Fan va turmush».

REEKSPORT  [ re..  + eksport] iqt. Chet ellardan keltirilgan mollarni, qayta ishlov bermay, boshqa biror mamlakatga qayta sotish.

OBROGATSIYA  (lot.  obrogatio – mavjud qonunni yangisi bilan bekor qilish)  Qonunni o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan yangilash. Qonun obrogatsiyasi.

OPSION   [ nem. Option  lot. optio, optionis – tanlash; istak ]  1 Shartnoma shartlariga ko‘ra tomonlardan biriga majburiyatlarni bajarish yo‘li, shakli, hajmi, texnikasini tanlab olish uchun berilgan huquq.  2 Sotuvchi yoki xaridorga qimmatbaho qog‘ozlar yoki tovarlarni muayyan muddat davomida belgilangan narxlarda sotib olish yoki sotish huquqini beradigan shartnoma.

ORFOEPIYA [ orfo.. + yun. yepos – nutq, talaffuz ]  1 So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish haqidagi qoidalar; to‘g‘ri talaffuz.  2 Tilshunoslikning shunday qoidalar tizimini ishlab chiqadigan bo‘limi.

OFERTA  [ lot.  offertus – taklif etilgan ]  Tovar yetkazib berish, biror - bir xizmat ko‘rsatish uchun shartnoma xabarnomasi. Xalqaro savdoda ofertaning qatʼiy va erkin turlari bor. “O‘zME”.

OLIGOPOLIYA  [ yun. oligos – oz, kam + poleo – sotaman ] Bozorni tashkil etish shakllaridan biri; bunda bir qancha yirik firma va kompaniyalar norasmiy kelishuvlar asosida asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish va sotishni nazorat qilib turadi.  Monopoliya kabi oligopoliya ham nomukammal raqobat ko‘rinishi hisoblanadi. “O‘zME”.

KATAXREZA  [yun. katachresis – suiisteʼmol qilish; noto‘g‘ri qo‘llash] Qarama-qarshi tushunchalarni bog‘lash, so‘zni o‘z asl (etimologik) maʼnosiga muvofiq bo‘lmagan holda qo‘llash. Qizil siyoh [siyoh so‘zi aslida “qora” maʼnosini bildiradi].

KVORUM   [  lot.  quorum  (praesentia sufficit)  – shularning (qatnashayotganlari yetarli) ]  Biror bir yig‘ilish yoki majlisda shu majlis qarorlarini qonuniy  deb topish yoki majlisni ochish uchun unda qatnashishi shart  bo‘lgan va qonunda yoki jamoat tashkiloti nizomida belgilab qo‘yilgan ishtirokchilar soni. Majlisni ochish uchun kvorum bor.

KLIRING [ingl. clearing – hisob-kitob qilish] Mamlakatlar, kompaniyalar, korxonalar, o‘rtasidagi o‘zaro talab va majburiyatlar asosida naqd pulsiz hisob-kitob tizimi.

KOLLIZIYA  lot. collisio – o‘zaro to‘qnashish; shikastlanish ]  Qarama-qarshi kuchlar, qarashlar, intilishlar, qiziqishlar to‘qnashuvi; badiiy asarda: tasvirlanayotgan turli qahramonlarning xarakterlari o‘rtasidagi, harakatlar bilan sharoit, holat o‘rtasidagi ziddiyat, qarama-qarshilik.  Undagi adashish, keyin to‘g‘ri yo‘lga tushib olish, kolliziyasi, bu boradagi kechinma va intilishlar dramaning asosini tashkil etadi. “O‘TA”.  Muallif g‘oyani ochishda xarakterlarning ichki kurashiga, psixologik kolliziyasiga amal qilgan. Gazetadan.

KODIFIKATSIYA  [lot. codificatio – kodeks tuzish < codex – qonunlar  majmui + facere – qilmoq, bajarmoq]  Meʼyoriy-huquqiy hujjatlar mazmunini qayta  ishlash yo‘li bilan ularni bir butunlikka  keltirish jarayoni.

KONSIGNATOR      Sotiladigan tovarlar qo‘lida bo‘lgan, lekin uning egasi bo‘lmagan vositachi komissioner.

KONSIGNATSIYA  [lot. consignatio – yozma dalil; yozma tasdiqlash] Tovarlarni vositachi omborlar orqali sotish shartlari.

KOOPTATSIYA  [lot. cooptatio – qo‘shimcha saylanish, qo‘shimcha saylash]  Saylab qo‘yiladigan organlar tarkibiga, qo‘shimcha saylovlar o‘tkazmay turib, yangi aʼzolar yoki nomzodlar kiritish.

LEGITIM  [lot. legitimus – qonuniy, qonunlarga mos, muvofiq] huq.  Qonuniy, qonuniy huquq (vakolat)i bo‘lgan, umum tomonidan tan olingan. Mazkur obyekt erkin almashtiriladigan valyuta yoki legitim so‘mga sotiladi.  Gazetadan.  

LEGITIMATSIYA, legitimlash [lot. legitimus – qonuniy,  qonunlashtirilgan] huq. 1 Davlat hokimiyatining, biron-bir ijtimoiy tuzilma, maqom, vakolatlarning, huquqlarning qonuniyligini eʼtirof etish yoki maʼqullash, tasdiqlash; ushbu jarayon muayyan jamiyatda tan olingan qadriyatlarga tayanadi. Qonuniylikni yoki vakolatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.

LEMMA  [yun. lemma – pora; foyda; tama, g‘araz] mat. Bir yoki bir necha teoremalarni isbotlashda foydalaniladigan yordamchi teorema, daʼvo.

LIBERALLASHTIRISH, liberalizatsiya lot. liberalis – erkin, ozod ] Mamlakat ijtimoiy hayotining barcha sohalarida keng erkinliklar berish; iqtisodiyotga va fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlat aralashuvini bekor qilish yoki kamaytirish. Narx-navoni liberallashtirish. == Hozir sud-huquq tizimida liberallashtirish davom etmoqda. Gazetadan.

KONSOLIDATSIYA   lot. consolidare – mustahkamlamoq, mahkamlamoq ]         kitobiy so‘z. Mustahkamlash, birlashtirish, jipslashtirish; birlashish, jipslashish, mustahkamlashish.    2   moliyaga oid.  Davlatning qisqa muddatli qarzlarini uzoq muddatli qarzga aylantirish.

KONSENSUS  [ lot. consensus – rozilik, hamjihatlik ] Xalqaro muzokaralar, siyosiy va boshqa kengashlar ishtirokchilari nuqtai  nazarlarining yaqinlashuvi va munozaralar natijasida nizoli, bahsli  masala bo‘yicha erishilgan umumiy bitim.

KONDITSIYA     lot.  conditio – shart-sharoit, holat ]   U yoki  bu narsa  (tovar) mos kelishi lozim bo‘lgan meʼyor, standart, sifat. Urug‘larni tozalash, konditsiyaga keltirish va urug‘lik uchastkalariga doimiy eʼtibor berish kerak.   Gazetadan.

KONFISKATSIYA   lot. confiscatio  –  (mol-mulkni) xazina foydasiga olib qo‘yish ]  Xususiy kishilarga qarashli mol-mulklarni batamom yoki qisman davlat ixtiyoriga o‘tkazish, musodara qilish.

LEKSIKON    [  yun. lexicon – lug‘at ] Maʼlum bir kishining so‘z va iboralari zaxirasi; biror ijtimoiy qatlam yoki muayyan faoliyat sohasiga mansub umumisteʼmoldagi so‘zlar zaxirasi.

LOKALIZATSIYA   lot.   localis – mahalliy, biror joyga xos    locus – joy, o‘rin]  Biror narsani aniq bir joy, o‘ringa daxldor qilish; biron-bir voqea yoki jarayonning harakatini, tarqalib ketishini chegaralash, to‘xtatish. 

MORATORIY    lot. moratorius – to‘xtatib turuvchi, sekinlatuvchi ] 1  siyo. Muayyan majburiyatlarning bajarilishini davlat hokimiyatning maxsus hujjatlari vositasida nomaʼlum muddatga yoki biron bir favqulodda hodisa (urush, tabiiy ofat va sh.k.) tugaguncha kechiktirish, to‘xtatib urish. huq. Muayyan harakatlarni davlatlararo kelishuv asosida yoki bir tomonlama tartibda maʼlum yoki nomaʼlum muddatga to‘xtatish. Yadro qurollari sinovi moratoriysi.

MULTIMEDIA  [  ingl.  multimedia   multi.. + lot. media, medium – o‘rta, markaz; vositalar, tadbirlar ]  Axborot-informatsiya uzatishning xilma-xil vositalari (matn, ovoz, jonlantirilgan va grafik tasvirlar va sh.k.)ni qamrab oluvchi texnologiya va shunday texnologiyadan foydalanuvchi dasturlar va kompyuter vositalari.

EKOLOGIYA  yun. oikos – vatan,  uy + logos – fan, taʼlimot ]  Birgalikda yashaydigan tirik organizmlarning o‘zaro va tevarak-atrofdagi muhit bilan bo‘lgan munosabatini, shuningdek, odam va biosfera o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalalarini o‘rganuvchi fan. 

EMBARGO   [ isp. embargo – taqiqlash, man qilish]   Chet el tovarlarini yoki valyuta boyliklarini kiritish yoki shunday narsalarni mamlakatdan olib chiqib ketishni davlat tomonidan taqiqlash. 
2 Chet davlatga qarashli kemalarning mamlakat portlariga kirishini davlat tomonidan taqiqlash yoki boshqa davlatga qarashli kemalar, yuklar, qurol-yarog‘larni vaqtincha to‘xtatib turish.

ESKALATSIYA ingl.  escalation – zina bilan yuqoriga ko‘tarilish ] Biror narsa yoki hodisaning asta-sekin tadrijiy ravishda kuchayib, zo‘rayib, ko‘payib borishi yoki biror narsani asta-sekin zo‘raytirish, kuchaytirish, ko‘paytirish.

EKSPLUATATSIYA      [ fr. exploitation – ishlatish,  foydalanish; foyda olish <  lot. explicitare – foydalanmoq, ishlatmoq ]   1  Ishlab chiqarish vositalari egalarining o‘zgalar mehnati mahsulini o‘zlashtirib olishi. Ekspluatatsiyaga asoslangan.   2 Tabiiy boyliklarni qazib olib, ulardan foydalanish; yer, sanoat korxonalari, transport vositalari, binolar va sh.k. dan foydalanish, ularni ishlatish.  Vodoprovodni ekspluatatsiyaga tayyorlamoq. ==  Maktabni.. ekspluatatsiyaga topshirish uchun.. konkret choralar ko‘rildi. “Mushtum”.  

EKSPOZITSIYA   [ lot. expositio – ko‘rgazma, tomosha uchun qo‘yish; bayon qilish, tavsiflash; tushuntirish ]    1 ad.  Badiiy asar syujetining tarkibiy qismi bo‘lib, unda voqealar yuz beradigan makon va zamon, asar qahramonlari haqidagi muallif maʼlumotlari bayon qilinadi.    2  Musiqa asarining asosiy mavzuini yoki mavzularini tasvirlovchi boshlang‘ich qismi; muqaddima.
3 maxs.  Muzey, ko‘rgazma va sh.k. da sanʼat asarlari, tarixiy obidalar va sh.k. ning tomoshabinlarga ko‘rsatish uchun maʼlum bir sistemada joylashtirilishi va shunday tartibda joylashtirilgan materiallar.  Muzey ekspozitsiyasi hozirgi zamon talabi darajasida tuzilgan. F. Husainova. Qo‘qon adabiyot muzeyida.     
4  Kino sanʼatida va fotografiyada: suratga olish paytida yorug‘lik sezuvchi materiallarga tushadigan yorug‘likning miqdori.

EKSPONAT   [ lot. exponatus – ko‘rgazmaga, tomosha uchun qo‘yilgan ]  Muzey va ko‘rgazmalarda namoyish qilinadigan, ekspozitsiyaga qo‘yilgan narsa.      Muzey eksponatlari.  Qishloq xo‘jalik ko‘rgazmasining eksponatlari. ==   Bu tabarruk dargohda adib hayoti va ijodi haqida hikoya qiluvchi o‘n bir mingdan ziyod eksponat mavjud. Gazetadan.

EKSPONOMETR  [ lot. exponere – qo‘ymoq, ko‘rsatmoq  + yun. metreo – o‘lchayman ] Foto-, kinoapparatlarda ekspozitsiyani aniqlash uchun xizmat qiladigan asbob.  Har bir fotohavaskor fotoelektrik eksponometrni yaxshi biladi.  «Fan va tumush».

EKSPORT        [ ingl. export < lot.exportare –  chetga (tashqi bozorga) chiqarmoq]      iqt. Sotish yoki boshqa maqsadlarda chet ellarga mol yoki kapital chiqarish va chiqarilgan mol, kapital;  zid. import.  Bir so‘z bilan aytganda, respublikamiz import o‘lkasidan eksport o‘lkasiga aylanib bormoqda.  Gazetadan.     Eksport qilmoq Chet elga (mol) chiqarmoq.  Hozirgi kunda zavod mahsulotlari yigirmadan ortiq xorijiy mamlakatlarga eksport qilinmoqda.  Gazetadan.

EKSPROPRIATOR    [fr. expropriateur < lot.]   Ekspropiratsiya qatnashchisi, ekspropiratsiya qiluvchi, uni amalga oshiruvchi.

EKSPROPIRATSIYA    [ fr. expropriation < lot. ex - = dan + proprius + shaxsiy, xususiy]   siyos. Davlat organlari tomonidan majburiy ravishda (haqini to‘lab yoki tekin) mulkdan mahrum qilish.

EKSTRA  lot. extra – meʼyordan yuqori, favqulodda, o‘ta ] Eng yaxshi, aʼlo (mol, tovar navi haqida). Ekstra choy.

ESSENSIYA  lot. yessential – eng muhim, asosiy; negiz, mohiyat ] Biror moddaning o‘tkir, quyuq eritmasi yoki damlamasi (ishlatishdan oldin suyultiriladi).  Sirka essensiyasi.

AKKREDITIV      [lot. accreditivus – ishonchli, vakolatli] ml. 1  Naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boriladigan bank hisob varag‘i. 2 Tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra amalga oshiriladigan o‘zaro hisob-kitob turi. 3 Nomiga yozib berilgan shaxsga ko‘rsatilgan summani kredit muassasasidan  olish huquqini tasdiqlovchi qimmatbaho qog‘oz. 4 huq. Akkreditiv (yorliq) Diplomatik vakilning  vakolatini tasdiqlovchi hujjat.

ANALITIK  Analiz, tahlil usuliga asoslangan; tahliliy. Analitik metod.  Analitik geometriya Matematikaning algebra va analiz yordamida geometrik shakllarni tekshirish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi.

ANALITIK KIMYO Kimyo fanining moddalar kimyoviy tarkibini aniqlash bilan shug‘ullanadigan bo‘limi. Analitik tillar Gapda so‘zlar maxsus shakllar  yordamida emas, balki  tartib (so‘z tartibi),  yordamchi so‘zlar, intonatsiya va sh.k. orqali  bog‘lanadigan tillar.

ANALOGIK     Bir-biriga yoki boshqasiga o‘xshash, o‘xshagan.

ANALOGIYA  [yun. analogia –muvofiqlik, aynanlik, o‘xshashlik]  fls. Narsa va hodisalarda biror xususiyatning o‘xshashligi. 2 mnt. Xulosa chiqarish shakli bo‘lib, bundan ikki narsa, hodisa o‘rtasidagi biror  jihatdan o‘xshashlik  asosida ularning o‘xshashligi va boshqa jihatlari haqida xulosa  chiqariladi. huq.  Biror aniq harakat  qonunda o‘z aksini topmagan  holda  shunga  o‘xshash  harakat (hodisa)ni  ko‘zda tutadigan huquqiy meʼyorni mazkur harakatga tatbiq etish. tlsh. Til birliklarining  o‘zaro qandaydir munosabat taʼsirida  vazifa yoki boshqa jihatdan o‘xshashlik, bir xillik  kasb etish. Mas., boq, qara obyektsiz feʼllarining mustaqil va ko‘makchi feʼl holida ko‘r obyektli feʼliga vazifadosh, maʼnodosh bo‘lishi: o‘qib ko‘r – o‘qib qara – o‘qib boq.  

AUDIT  [lot.auditis – eshitish, tinglash] Auditorlik vakolati bo‘lgan shaxslar (auditorlik firmalari) tomonidan  xo‘jalik subyektlari  moliyaviy hisobotining ekspertizasi va tahlili; taftish.

AUDITOR  [lot.auditor – tinglovchi] Belgilangan tartibda auditorlik  faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini  olgan (vakolatlar berilgan) va auditorlar  kasbiy ro‘yxatiga  kiritilgan shaxs (mutaxassis).

AUDITOR FIRMA (yoki auditorlik firmasi) Korxona va tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirib beruvchi, ular ishining iqtisodiy ekspertizasini o‘tkazuvchi mustaqil firma.

DISSERTANT
 [lot. dissertans, dissertantis – batafsil qarab chiquvchi, tushuntiruvchi] Ilmiy daraja olish maqsadida o‘z ilmiy ishi – dissertatsiyasini maxsus ilmiy kengash aʼzolari o‘rtasida himoya etuvchi kishi. Dissertantga so‘z berildi== Dissertant o‘z maʼruzasida juda ko‘p qimmatli maʼlumotlar, taribalardan misollar keltirdi. Gazetadan.  

DISSERTATSIYA  [lot. dissertatio – fikr yuritish, tadqiq qilish] Ilmiy daraja olish maqsadida yoziladigan maxsus ilmiy kengash majlisida himoya qilish uchun  taqdim etiladigan ilmiy tadqiqot ishi. Nozodlik dissertatsiyasi. Doktorlik dissertatsiyasi. == Bahorga chiqib, Yigitalining dissertatsiya himoya qilish kuni belgilandi. D. Nuriy, Osmon ustuni.  Nihoyat, og‘ir, mashaqqatli kunlar orqada qolib, Latofat kandidatlik dissertatsiyasini muvaffaqiyat bilan yoqlab oldi.  L. Tojiyeva, Mehrim sizga, odamlar. Doktorlik dissertatsiyamni o‘z yurtimda, o‘z ona tilimda.. sunʼiy to‘siqlarsiz himoya qildim. Gazetadan.

INVERSIYA  [ lot. inversio – o‘rin almashtirish] tlsh. Nutq taʼsirchanligini oshirish maqsadida gapda so‘zlarning odatdagi (to‘g‘ri) tartibini o‘zlashtirish; teskari tartib (seni ko‘rdim – ko‘rdim seni).

INDEKS   [ lot. index – ko‘rsatkich; sarlavha]   Biror narsaning nomi,  baho va sh.k. ko‘rsatkichi, ro‘yxati. Chiqarilayotgan kitoblar indeksi. Tovarlar indeksiIqtisodiy hodisalarning tadrijiy o‘zgarishlarini foizlar hisobida ifodalovchi raqam ko‘rsatkichlari.  Mehnat unumdorligi indeksi.       mat. kim.  Asosan,  matematik  ifoda, kimyoviy element ramzi ostiga qo‘yiladigan harfiy yoki son ko‘rsatkich.

INKORPORATSIYA    lot.  incorporatio – butunga qo‘shish; birga qo‘shish] Amaldagi tarqoq qonun va meʼyoriy hujjatlarni, ularning mazmunini o‘zgartmagan holda, xronologik yoki alifbo tartibida, mavzular bo‘yicha tartibga solish (sistemalashtirish).

KOMMYUNIKE  [ fr. communique  communicare – xabar qilmoq] Xalqaro  muzokaralar, davlatlar o‘rtasida tuzilgan bitimlar, mamlakat ichki hayotidagi muhim voqealar, harbiy harakatlar va b.lar haqida hukumatning  rasmiy xabari.

KOMPENSATSIYA  [lot. compensatio – tenglashtirish; o‘rnini to‘ldirish]       Biron narsa badaliga haq to‘lash, mukofot berish. huq. Mehnat qonunchiligida: qonunda belgilangan hollarda mehnat majburiyatlarini bajarishdagi qo‘shimcha xarajatlar uchun ishchi va xizmatchilarga  beriladigan to‘lov; tovon puli.

KOMPETENSIYA  [ lot. competere – layoqatli, munosib bo‘lmoq ] Muayyan organ yoki mansabdor shaxsning  rasmiy hujjatlarda belgilangan vakolatlari doirasi; vakolat. 2 Shaxsning biror-bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi.

INTERNET  ingl. Internet <  inter.. + ingl. net – to‘r, o‘rgimchak to‘ri: umumjahon tarmog‘i] Umumjahon kompyuter tarmog‘i; butun jahon bo‘yicha  tarqalgan va telefon hamda optik-tolali liniyalar, modemlar va b. bilan o‘zaro bog‘langan, har qanday axborotni o‘zaro almasha oladigan katta miqdordagi kompyuterlar majmui.

INTERYER  [fr. interieur  – ichki ]  arxit.  Turarjoylar, jamoat va sanoat binolari va inshootlarning meʼmoriy va badiiy jihatdan bezatilgan ichkari qismi.

IRRATSIONAL  lot. irrationalis – nomaʼqul; o‘ylamasdan qilingan ]  1 fls. Qonuniyatga ega bo‘lmagan va shu sababli tushunib, aql bilan bilib, mantiqiy yo‘l bilan tushuntirib bo‘lmaydigan; aqldan tashqari. Irratsional qarash. 2 mat. Butun son bilan o‘lchab, ifodalab yoki hisoblab bo‘lmaydigan; arifmetik amaldan tashqari, ildiz topish amalini ham talab qiladigan. Irratsional teglama. Irratsional sonlar.

YO‘RIQNOMA  1. Qonun yoki boshqa meʼyoriy  hujjatlarni tushuntirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat.  Lavozim (mansab) yo‘riqnomasi.   2. Biror narsani, uning amalga oshirish, bajarish tartibi va usulini belgilovchi qoidalar to‘plami, ko‘rsatmalar.

KALKULYATSIYA   [lot. calculatio – hisoblab chiqarish, hisob-kitob ]   Tovar, mahsulot va sh.k. ning tannarxini hamda xarid va sotish bahosini hisoblash; shunday hisoblashda to‘ldiriladigan varaq; narsaning tannarxi va sotish narxi aniq ko‘rsatilgan maʼlumot. Har bir kishiga kalkulyatsiya bo‘yicha alohida kosa va tarelkada palov suziladi. S. Ahmad, Palovga eʼtibor.

KARKAS  ital.  carcassa – qovurg‘a; sklet ]  maxs. Bino, inshoot yoki qurilmaning metall yoki yog‘och sinchlari, skleti. Temir-beton karkasi.  ==  Bir uyning egasi buldozerning tagiga yotib olib, «Uyimni buzadigan bo‘lsang, ustimdan bosib o‘tib buzasan», deyapti. Uyni yaqinda temir karkas bilan puxtalab olgan ekan.  I.Rahim, Tinimsiz shahar.

KASSATSIYA    lot. cassatio – bekor qilish, yo‘q qilish ]    huq.  Qonun va sud ishlarini yuritish qoidalari buzilganligi sababli yuqori sud organi tomonidan quyi sud organi chiqargan, hali kuchga kirmagan sud qarori, hukmining qayta ko‘rib chiqilishi, bekor qilinishi. Kassatsiya muddati.              Qonuniy kuchga kirmagan sud qarorini qayta ko‘rib chiqish va bekor qilishni so‘rab murojaat qilish.  Kassatsiya shikoyati.

KONTRABANDA   ital. cotrabando < contra – qarshi + bando – hukumat farmoyishi ]    1  Taqiqlangan mol-tovar, valyuta boyliklari va b. narsalarni davlat chegarasidan noqonuniy ravishda, yashirincha, boj to‘lamay olib o‘tish. Olmosning kontrabanda yo‘li bilan olib chiqib ketilishi Syera-Leone iqtisodiyotiga katta zarar yetkazmoqda. Gazetadan.   2 Shunday yo‘l bilan o‘tkazilgan mol-tovar va boshqa qimmatbaho narsalarning o‘zi.

KONTRAKTATSIYA    Mahsulot ishlab chiqaruvchi va uni qayta ishlash, sotish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar o‘rtasida kontraktlar, shartnomalar tuzish.

KONSERN  ingl. concern – ishtirok; manfaat; korxona ]  Rasman o‘z mustaqilligini saqlab qoluvchi, lekin amalda markazlashgan moliyaviy nazorat va rahbariyatga bo‘ysunuvchi bir qancha sanoat, moliya va savdo korxonalarining birlashmasi, qo‘shilmasi.

SINDIKAT      [fr. syndicat  <  lot.  syndicus – ishonchli shaxs, vakil    yun. syndikos – birga harakat qiluvchi hammaslak ]  iqt. Ishlab chiqarish va yuridik mustaqilligini saqlagan holda, umumiy tijoriy faoliyatni (narx belgilash, mahsulotni sotish, xomashyo xarid qilish va b. ) amalga oshiruvchi korxonalar (ishbilarmonlar) birlashmasi; monopoliyaning bir ko‘rinishi. Bank sindikati. == Sindikat taʼsis etgan umumiy savdo shirkati sindikatning har bir aʼzosi bilan savdo-sotiq to‘g‘risida shartnoma tuzadi. “O‘zME”. 2 Fransiyada va b. baʼzi mamlakatlarda kasaba uyushmalarining nomi.

SINUS     [ lot. sinus egrilik, qiyshiqlik ] mat. To‘g‘ri burchakli uchburchak o‘tkir burchagi qarshisidagi katetning gepotenuzaga nisbatidan iborat trigonometrik funksiya. Burchakning sinusiga qarab uning kattaligini aniqlamoq. == Rahmatulla Ibodov Mirzo Ulug‘bek tuzgan jadvaldagi sinuslar qiymatining to‘g‘riligini tekshirib chiqdi.  Gazetadan.

SINUSOIDA   yun.  sinus – bukilgan, egilgan joy, qiyshiqlik + eidos – ko‘rinish; qiyofa; xil, tur ]  mat. Sinusning burchak o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘zgarishini grafik tasvirlovchi to‘lqinsimon yassi egri chiziq.

SKVER   ingl. square – to‘rtburchak maydon  <  lot. exquadrare – to‘rtburchak qilib qirqmoq ]  q. xiyobon. Skver tomondan oqib tushgan bahor suvi trotuarning zihida ko‘llab yotar, o‘sha yoqdan kelgan kishilarning loy izlari asfaltga muhrday bosilib, qurib qolgan edi.  P. Qodirov, Uch ildiz.

TEODOLIT   [yun. theomai – qarayman  + dolichos – uzun ]  Ochiq joylarda gorizontal va vertikal burchaklarni o‘lchash uchun ishlatiladigan geodezik asbob. 

TERMINAL    ingl.  terminal    lot.  terminalis – oxirgi, so‘nggi; oxiriga tegishli ]   tex. Hisoblash sistemasi tarkibiga kiruvchi, axborotlarni sistemaga  kiritish va undan chiqarib olish uchun mo‘ljallangan chetda turuvchi, sirtqi moslama (kompyuterda ishlaganda, monitor, sichqoncha, klaviatura kabilar terminal hisoblanadi).   2  Portning (havo yoki dengiz portining) konteynerli va bog‘lama yuklarni saqlash va qayta ishlashga mo‘ljallangan qismi.  3 Umuman katta miqdordagi yuk, narsa-buyum vaqtincha mavsumiy saqlanadigan ombor. Paxta tolasi terminali. == Terminallar, o‘z navbatida, tashqi savdo kompaniyalari bilan tuzgan shartnomalariga ko‘ra, tolani eksportga ortishadi. Gazetadan. ..tayyor mahsulotlarning terminallar orqali xorijga chiqarilayotgani qayta ishlash korxonalariga ham..  yangi imkoniyatlar eshigini ochdi..  Gazetadan.     4   Plastik kartochkalar yordamida ishlaydigan, turli hisob-kitob va to‘lovlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladigan elektron qurilma.  Respublikadagi barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga o‘rnatilgan terminallar yordamida to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.  Gazetadan.  Bank mutaxassislari tomonidan o‘rnatilgan 1300 savdo terminali va 20 bankomat mijozlar xizmatida. Gazetadan.

REIMPORT   [ re..  + import ] iqt. Chet elga chiqarilgan, ammo u yerda sotilmagan yoki yaroqsiz deb topilgan, qayta ishlov berilmagan tovarlarning uni chiqargan mamlakatga qaytarib olib kirilishi.

REINVESTITSIYA    [ re..  +  investitsiya ]  Investitsiyalar muomalalari bo‘yicha daromadlar shaklida olingan mablag‘larni ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qayta yo‘naltirish, qayta foydalanish.  

REKLAMATSIYA   [lot. reclamatio – baqirib norozilik bildirish ]  Yetkazib berilgan yoki sotilgan mol, buyum, mahsulotning, ko‘rsatilgan xizmatning sifatsizligi natijasida ko‘rilgan zararni to‘lash, ulardagi nuqsonlarni bartaraf etish yoki ularning bahosini pasaytirishni talab qiluvchi daʼvo xati.

REKOGNOSSIROVKA   lot. recognoscere – bilmoq;  esga tushirmoq;  ko‘rib chiqmoq ]   harb. Jangovar harakatlar boshlanishi oldidan dushman haqida to‘liq, batafsil maʼlumotlar olish maqsadida komandirlar, ofitserlar tomonidan o‘tkaziladigan razvedka.  geod. Muayyan joyda geodezik ishlar boshlashdan oldin shu joyni tekshirib chiqish;  eskirgan topografik xaritalarni joyning hozirgi holati bilan muvofiqlashtirish.

BINOM   [ bi.. + yun. nomen – nom ]  mat. Ikki algebraik ifodaning yig‘indisi yoki ayirmasi; ikki had.  Nyuton binomi.

BIRKA   r. birka – belgilar qo‘yigan taxtacha ] Mollarning va, umuman, narsaning raqami (nomeri) narxi va shu kabilar yozib qo‘yilgan taxtacha; yorliq. Qarasam, bechora sigirning birka taqilgan chap qulog‘i yarmidan kesib tashlanibdi.  “Mushtum”.

BISSEKTRISA  [ bi..  +  lot.  secare – kesish, kesuvchi ]    mat.  Biror burchak uchidan chiquvchi va uni teng ikkiga bo‘luvchi to‘g‘ri chiziq.    ..mana bizning maktabimiz, biz bu yerda bissektrisa va kelishik qo‘shimchalari haqida maʼlumot olamiz. Gazetadan.   Uchburchakning ichki burchagidan shu burchak qarshisida yotgan tomon bilan kesishish nuqtasigacha tushgan kesma uchburchakning bissektrisasi deyiladi.  “Geometriya” darsligi.

BONUS    [ lot.  bonus – yaxshi, marhamatli ]   huq.  Turli xil munosabat bilan qo‘shimcha haq (mukofot, qo‘shimcha divident  va  b.) to‘lash.

VAKSINA   lot. vaccinus – sigirga oid  <  vaccula – sigir ] Yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash uchun ishlatiladigan emdori; emlashda ishlatiladigan dori. Vaksina bilan emlash. == Bugungi kunda viruslarga qarshi vaksina yordamida organizmda immunitet hosil qilishdan ortiq o‘tkir, ishonchli qurol yo‘q.  «Fan va turmush».   Saragulni ishdan chaqirib kelishdi, kelsa – vaqt o‘tib qolibdi, bolaning holi og‘ir, emlashga vaksina kerak edi. A. Muxtor, Chinor.

VALVATSIYA  fr.  evaluation – baho; baholash    lot. valere – kuchaymoq; baholanmoq ] Chet el valyutasi va qimmatbaho narsalarni milliy pul birligida belgilash.

VARRANT   ingl.  varrant – vakolat, vakillik huquqi ]   1 Maʼlum muddat yoki cheklanmagan muddat davomida belgilangan narxda qimmatli qog‘ozlarni sotib olish huquqini beruvchi guvohnoma.  2  Tovar omborga saqlash uchun qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjat.

VAUCHER   ingl. voucher – tilxat ]  Yozma guvohnoma, kafillik, kafolat yoki tavsiya; tovar yoki xizmatlar to‘lovini, kredit berishni, pul olishni va boshqalarni tasdiqlovchi hujjat.

VEKSEL      [ nem. Wechsel   –  o‘zgarish; almashtirish ]     Qonun bilan qatʼiy belgilangan shakldagi yozma qarz majburiyati; qarz oluvchi tomonidan kreditorga berilib, kreditorga belgilangan muddatdan so‘ng qarzdordan vekselda ko‘rsatilgan pul summasini to‘lashni talab qilish huquqini beradi. Sho‘ring qurg‘ur savodsiz dehqonlar boydan olgan yuz so‘m pullari badaliga yuz yigirma, baʼzan yuz ellik so‘mlik veksel berib ketardilar.                                           M. Muhammadjonov,  Turmush urinishlari.  - Shu bas, –  dedi boyvachcha, –  buni veksel deydilar. Muddatida to‘laydi!   Oybek, Tanlangan asarlar.

VEKTOR    [ lot.  vector – olib boruvch; ko‘chuvchi ]    mat.fiz. To‘g‘ri chiziqning muayyan son qiymatiga va yo‘nalishga ega bo‘lgan kesmasi.

VETO    lot.  veto – ruxsat bermayman, man qilaman ]  huq. Rivojlangan davlatlarda bironta organ, tashkilot qonuni yoki qarorining kuchga kirishini to‘xtatish yoki kuchga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik huquqi.  Biror qarorning qabul qilinishiga to‘sqinlik qiluvchi birdamlikning yo‘qligi.

VINDIKATSIYA   lot.  vindicatio – himoya, qo‘riqlash; daʼvo talab qilish ] iqt. Mulk egasining o‘z mol-mulkini unga qonunsiz egalik qilayotgan shaxslardan sud orqali talab qilib olishi. 

KALORIMETR   Jismning o‘ziga oladigan yoki o‘zidan chiqaradigan issiqlik miqdorini (kaloriya hisobida) o‘lchaydigan asbob.

KALORIMETRIYA    lot. calor – issiqlik  +  yun.  metreo – o‘lchayman ] Turli fizikaviy, kimyoviy va biologik jarayonlarda ajraladigan yoki yutiladigan issiqlik miqdorlarini o‘lchash usullari majmui. 

MEMORANDUM    [ lot. Memorandum – eslashga arziydigan, eslash kerak bo‘lgan narsa ]   1 huq. Biror davlatning diplomatik yozishmalar orqali hal qilinadigan masalalar mohiyatini o‘z nuqtai nazaridan batafsil bayon qilib yozgan diplomatik hujjati.  2  Biror masala bo‘yicha bildirishnoma, xizmat maʼlumotnomasi.  Memorandumda taʼkidlandiki, bu hol avariyalarga hamda kemalarning halok bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Gazetadan.

MENEJER    ingl. manager – boshqaruvchi ] Korxona va kompaniya egasi bo‘lmagan, maxsus tayyorgarlik ko‘rgan malakali yollanma boshqaruvchi.

MENEJMENT    ingl. management – boshqarish, mudirlik; tashkil etish] Zamonaviy ishlab chiqarishni boshqarish (rejalash, tartibga solish, nazorat qilish), shuningdek, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish, uni tashkil etish; boshqarish to‘g‘risidagi fan.

MENTALITET    [ nem. Metalität  lot. mens, mentis – aql, idrok ]    Jamiyat, millat, jamoa yoki alohida shaxsning tarixiy tarkib topgan tafakkur darajasi, madaniy salohiyati, ularning hayot qonunlarini tahlil etish kuchi, muayyan ijtimoiy sharoitlardagi aqliy qobiliyati, ruhiy quvvati (Jamiyat, millat yoki shaxsning mentaliteti ularning o‘ziga xos anʼanalari, rasm-rusumlari, urf-odatlari, diniy eʼtiqod va irimlarini ham qamrab oladi).

OKRUG     [ r. okrug – tevarak,  atrof     okrujat – «qurshab olmoq;  atrofini o‘ramoq» fl. dan ]    Baʼzi davlatlarda maʼmuriy-hududiy birlik.     Islandiya maʼmuriy jihatdan 23 okrugga, ular esa jamoalarga bo‘linadi.  “O‘zME”.    2   Yirik hududiy harbiy birlashma, bo‘linma.     Ertaga okrug shtabidan harbiy general kelishi kutiladi.  Shuhrat, Shinelli yillar.   Turkiston harbiy okrugi o‘z ixtiyoridagi mashinalarni cho‘lni o‘zlashtirishga berayapti. S.Ahmad, Ufq.     3   Vaqtinchalik tuzilgan hududiy bo‘g‘in.   Saylov okrugi.  ==  Ko‘p mandatli okruglarda saylovchilar yashirin ovoz berish byulletenlariga yozib qo‘yilgan. Gazetadan.    4 esk. tar.  Hozirgi viloyat baravaridagi hududiy birlik, muzofot.   oshkent okrugi. Andijon okrugi.

OKTANT   lot. octans, octantis – sakkizdan bir ]  1 geom. Uch yoqli burchaklarning sakkiz sohasidan istalgan bittasi.   2  astr. Avvallari osmon yoritqichlari o‘rtasidagi burchak masofalar(i)ni o‘lchashda qo‘llangan astronomik asbob. 3 Osmon gumbazining Janubiy yarim sharidagi yulduz turkumi.

OKTAEDR     yun. oktaedron    octo – sakkiz  + hedra – asos, qirra, yoq, tomon] geom. Sakkizta uchburchaklik bilan chegaralangan jism; sakkizyoqlik.

OLIGOPOLIYA    yun. oligos – oz, kam + poleo – sotaman ]  Bozorni tashkil etish shakllaridan biri; bunda bir qancha yirik firma va kompaniyalar norasmiy kelishuvlar asosida asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish va sotishni nazorat qilib turadi.  Monopoliya kabi oligopoliya ham nomukammal raqobat ko‘rinishi hisoblanadi. “O‘zME”.           

PARALLEL yun. parallelos – yonma-yon boruvchi ]    1 mat. Bir tekislikda yotgan va har ikki tomonga davom ettirilganda hech qachon o‘zaro kesishmaydigan; muvoziy, yondosh. Parallel to‘g‘ri chiziqlar. Parallel tekisliklar.  Bir tomonga qarab yo‘nalgan va bir-biridan deyarli teng uzoqlikda yonma-yon joylashgan.  Parallel ko‘cha.  Parallel jo‘yaklar.   ko‘chma  Ayni bir vaqtda mavjud bo‘lgan yoki davom etadigan voqea-hodisa (bir-biriga nisbatan). O‘qish yilining yarmida “A”, “B” bo‘lib kelgan parallel sinflardan o‘n olti kishi terib olinib, qolganlari birlashtirildi. P. Tursun, O‘qituvchi.  Bilimdonlik bilan gapdonlik har doim parallel yura olmaydi.  “Saodat”.            tlsh. Bir xildagi, turdagi.  Bunda sintaktik parallel qatorlar to‘rtlikda muntazamlik va bir butunlikni yuzaga keltirgan.  “O‘TA”.

PARALLELEPIPED  [ parallel + yun. epipedon – tekslik ]   mat. Qarama-qarshi yoqlari o‘zaro parallel va teng parallelogrammlardan iborat olti yoqli geometrik jism.

PARALLELIZM  yun. parallelos – yonma-yon boruvchi ]  1 mat. To‘g‘ri chiziqlarning tekislikdagi va tekisliklarning fazodagi o‘zaro kesishmaslik xossasi; parallellik.  Tekisliklar parallelizmi. Chiziqlar parallelizmi.        2  ko‘chma  Ayni bir ishning o‘zaro kelishmasdan bir vaqtda bajarilishi, bir-biri bilan to‘liq mos kelishi, bir-birini takrorlashi.  Ishdagi parallelizm.  tlsh. Yonma-yon gaplar, sintagmalarning bir xil sintaktik qurilishga ega bo‘lishi. ad. Badiiy matnning o‘zaro bog‘liq qismlaridan nutq unsurlarining o‘xshash yoki aynan bir xilda joylashuvini taqozo etuvchi poetik nutq usullaridan va tasir vositalaridan biri.

PARALLELOGRAMM   [ parallel + yun.  gramma – chiziq ]  mat.  Qarama-qarshi tomonlari teng va parallel to‘rtburchak.

PARALLEL   [ yun. parallelos – yonma-yon boruvchi ]  1 mat.  O‘zaro yondosh chiziqlarning har biri.  Biror chiziqqa parallel o‘tkazmoq.    geogr. Yer yuzidan ekvatorga parallel holda o‘tkazilgan shartli, faraziy chiziqlardan har biri.    Boku bilan Toshkent bir parallelda yotadi. “Geografiya”.  

PARAMETR  yun. parametron – o‘lchab ajratuvchi ]  1 mat.  Matematik formulada qo‘llanadigan va o‘zining maʼlum qiymatida shu tenglama bilan ifodalangan munosabatlardan muayyan biriga olib keladigan miqdor.  2  fiz. tex.  Biror texnologik jarayon, hodisa, tizim, texnik qurilma va b. ning asosiy xususiyatlaridan birini ifodalaydigan miqdor. Elektr lampa parametrlari. == Protoplazmaning fizik parametrlari uning (hujayraning) sirtida membrana bo‘lishi kerakligidan dalolat berardi. «Fan va turmush».  

ko‘chma  Biror voqea-hodisani tavsiflash va baholash uchun zarur bo‘lgan belgi, mezon.  Ro‘yxat tuzuvchilarning fikricha, universitetning o‘tgan yillarda ayrim parametrlar bo‘yicha ko‘rsatkichlari pasaygan.  Gazetadan.   Yangi yilga mo‘ljallanayotgan Davlat byudjeti loyihasining parametri ustida to‘xtaldilar. Gazetadan.      

PARLAMENT    fr. parlement – rasmiy so‘zlashish joyi  parler – gapirmoq, so‘zlamoq ]   Demokratik mamlakatlarda butunlay yoki asosan saylov asosida tuziladigan oliy vakillik va qonunchilik organi.  Mustaqil O‘zbekistonning parlamenti – Oliy Majlis. Parlament saylovi. == Parlament bu takliflarni inobatga olib,  qonun loyihasini birinchi o‘qishda maʼqulladi. Gazetadan.  Mamlakatimizda hokimiyatlarning bo‘linishi to‘g‘risidagi prinsip parlament qabul qilgan bir qator qonunlarda yana-da rivojlantirildi.  «Hayot va qonun».       

PARTER   fr. parterre – yer bo‘ylab   par – bo‘ylab, bo‘yicha  +  terre – yer, zamin ]   1  Teatr  va b. tomosha zallarining tomoshabinlar o‘tiradigan, sahnaga nisbatan pastroq bo‘lgan qismi va unda joylashgan o‘rinlar.   Park  yoki bog‘larning obod qilingan, maysazor, gulzor, hovuz, fontan, haykal va sh.k. lari bo‘lgan ochiq qismi. 

SANATSIYA    lot. sanatio – davolash, sog‘lomlashtirish ]   1 iqt.  Korxonalar, firmalar, kompaniyalar va b. ni  bankrotlikdan qutqarish, ularning moliyaviy ahvolini yaxshilashga, tiklashga qaratilgan davlat va bank chora-tadbirlari tizimi. Sanatsiya qilish. = Sanatsiya orqali davlat bozor iqtisodiyotiga taʼsir etadi. “O‘zME”.  2 tib. Og‘iz bo‘shlig‘ini sog‘lomlashtirish bo‘yicha davolash-profilaktika choralari.  Tishlarni sanatsiya qilish.

SERTIFIKAT    [ fr.  certificate    lot. sertum – aniq, to‘g‘ri, rost  + facere – qilmoq ]  1 Davlat organlarining moliyaviy qarz (zayom) majburiyati; shuningdek, ko‘rsatuvchiga beriladigan davlat zayomlari, obligatsiyalari va qimmatdor bank qog‘ozlari.  2 Omonatchining, belgilangan muddat o‘tgach, bankka qo‘yilgan omonat summasini hamda uning foizlarini olish huquqi haqidagi yozma hujjat.  Tashqi savdo amaliyotida: tegishli vakolatli organlar tomonidan beriladigan va tovarning sifati, og‘irligi, ishlab chiqarilgan joyi va b. xususiyatlarini tasdiqlaydigan hujjat.  Mahsulot sertifikati.   Biror narsa, voqea haqidagi rasmiy yozma guvohnoma: diplom.   Shayxontohur tumanida kompyuter savodxonligi bo‘yicha tashkil etilgan kursni yakunlagan yoshlarga sertifikatlar topshirildi. Gazetadan.

SERTIFIKATLASH  Biron-bir mahsulot yoki xizmat sifat tavsifining sifat standartida talab etilgan darajaga mos kelishini aniqlash, tasdiqlash. Bugungi kunda mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashda respublikamizda faoliyat yuritayotgan 50 dan ortiq sertifikatlash idoralari va 250 dan ortiq sinov laboratoriyalarining ahamiyati muhim. Gazetadan.

SIMMETRIK  Simmetriya qonunlari asosida joylashgan yoki yasalgan; simmetriyaga ega bo‘lgan.  Simmetrik bino. Simmetrik shakl. = Tenglik tipidagi (mas., ayniyat, ekvivalentlik, o‘xshashlik) munosabatlar ham simmetrik bo‘ladi.  “O‘zME”.

SIMMETRIKLIK  1 Biror narsa, predmet qismlarining simmetriya holatida bo‘lishi. Inshoot qismlarining simmetrikligi.  mat.  Ikki o‘rinli, ikki hadli munosabatlarning xossasi.

SIMMETRIYA   [ yun.  symmetria – o‘lchovdoshlik; mutanosiblik, moslik ]  Biror narsaning maʼlum nuqta, to‘g‘ri chiziq yoki tekislikka nisbatan qarama-qarshi tomonlarda bo‘ladigan qismlarining joylashishidagi mutanosiblik, o‘xshashlik, moslik, uyg‘unlik.  Simmetriya markazi. Simmetriya o‘qi.  Simmetriya holatini saqlamoq.

SUBSTRAT   lot. substratum – to‘shama, asos ]  1 fls. Turli-tuman hodisa va jarayonlarning umumiy moddiy asosi, hodisalar o‘rtasidagi umumiylik yoki o‘xshashlikning negizi.   2  tlsh.  Mahalliy aholining kelgindi (bosqinchi)lar tili tomonidan siqib chiqarilgan tili; shu tilning kelgindilar tilidagi izlari, qoldiqlari. Formal hajmning bu darajadagi ixchamligi murakkab semantik substratning ifodalanishiga, biror darajada bo‘lsin, monelik qilmaydi.   “O‘TA”.

SUVEREN     I  [ fr. souverain – oliy ]   Xalqaro huquqda: mustaqil oliy hokimiyat egasi.

SUVEREN    II  Suverenitetga, mustaqillikka ega bo‘lgan; erkin, hur; mustaqil. Suveren davlat. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat suvereniteti masalasiga alohida bob ajratilgan bo‘lib, uning 1 moddasida «O‘zbekiston – suveren demokratik respublika» deyilgan. “Mustaqillik” lug‘ati.    2   Oliy hokimiyatni amalga oshiruvchi.

 SUVERENITET  fr. souverainete – oliy hokimiyat ]  Xalqaro huquqda: davlatning ichki ishlarni olib borishda va tashqi munosabatlarda boshqa davlatdan to‘la mustaqilligi.   Davlat suvereniteti.  Millat suvereniteti. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat suvereniteti alohida bobda o‘z ifodasini topgan.  “O‘zME”.

TAXOMETR   [ yun. tachos – tezlik + metreo – o‘lchayman] Val, g‘ildirak va sh.k. narsalarning aylanish tezligini o‘lchaydigan asbob; spidometrning bir turi.

TELEMARKETING   [tele.. + marketing] Televideniye orqali tovar va xizmatlarni targ‘ib qilish va sotish.

TIKER   [ingl. ticker ]  Qimmatbaho qog‘ozlarning oxirgi, qatʼiy belgilangan bahosi (kursi)ni ko‘rsatib, maʼlum qilib turuvchi birja apparati.

TITUL   I [lot. titulus – ustiga yozilgan yozuv; faxriy unvon ] plgrf.  Kitobning uning nomi, muallifi, nashr qilingan yili va joyi, nashriyot yoki uni nashr etuvchi tashkilot nomi ko‘rsatilgan birinchi beti; titul varag‘i.  Kitobning tituli. ­­­­­=== Uning [kitobning] muqovasi, titul varag‘i, shuningdek, boshqa ayrim betlari ham juda eʼtiborsizlik bilan vyorstka qilinibdi. Gazetadan.    

TITUL  II Milliy va b. turli huquqlar asosi; ayrim kodeks yoki qonunlardagi alohida bo‘limcha. 

Titul ro‘yxati  Qurilish obyektlarini qurish uchun kerak bo‘ladigan, obyektning nomi va o‘rni (joyi), loyihaviy quvvati, smeta bo‘yicha bahosi va sh.k. ko‘rsatiladigan ro‘yxat. Yaqinda hukumat titul ro‘yxatlarini tasdiqlashning yangi tartibini belgilab.. kamchiliklarni yo‘qotdi. Gazetadan.    1984 -1985 yillarning titul ro‘yxatlariga kiritiladigan obyektlar binokorlik materiallarining hamma turlari bilan..  taʼminlanishi lozim. Gazetadan.

TOPOGRAFIYA    [yun. topos – joy + grapho – yozaman ]   Geodeziyaning yoki biror joyning, yer sathining geografik va geometrik elementlarini tasvirlash va shu asosda topografik xaritalar yaratish usularini o‘rganuvchi bo‘limi.  Harbiy topografiya.

TOPONIMIKA [yun. topos – joy + onyma – nom] 1 Biror joyning, hududning geografik nomlari (aholi punktlari, daryo, ko‘l va b. nomlari) majmui. Toshkent toponimikasi. Toponimika lug‘ati.

 2 til.  Leksikologiyaning geografik nomlarni o‘rganadigan bo‘limi.

TRANZIT   [ lot. transitus – o‘tish joyi, yurib o‘tish ]  1 Bir mamlakatdan, joydan ikkinchi bir mamlakatga, joyga ular o‘rtasidagi mamlakat, joy orqali passajir, yuk olib o‘tish, o‘tkazish. Tranzitga yo‘l bermoq. Tranzit huquqi. Tranzit bilet. Tranzit passajir. === Tranzit mashinalar Toshkentni aylanib o‘tadi.. Gazetadan.  2 Yukni jo‘natilgan joydan to mo‘ljallangan joygacha oraliq punktlarda tushirmasdan, boshqa transport vositalariga ortmasdan to‘ppa-to‘g‘ri olib borish, o‘tkazish. Yuklarni tranzit qilib (tranzit bilan) yubormoq.

TRANSLITERATSIYA  [ trans.. + lot. littera – harf ] Biror alifbo asosida yozilgan matnlar yoki alohida so‘zlarni boshqa bir alifbo vositalari bilan harfma-harf aks ettirish. Yevropacha nomlarning o‘zbekcha transliteratsiyasi.

TRANSFORMATSIYA   [ lot. transformatio – o‘zgartirish ]  1 tex. Energiya yoki obyektlarning biron-bir muhim xossa-xususiyatini transformator yordamida o‘zgartirish. O‘zgaruvchan tokni transformatsiya qilish. 2 tlsh. Asosiy sintaktik tuzilmani til qonun-qoidalari asosida o‘zgartirib, ikkinchi bir tuzilma hosil qilish (mas., O‘qituvchi qoidani tushuntirdi.  // Qoida o‘qituvchi tomonidan tushuntirildi).

PASSAJ   fr. passage – o‘tish joyi, yo‘l]    1 Ikki tomonida qator savdo do‘konlari joylashgan yopiq bino, rasta.   2  Bir xil mol-tovar sotiladigan katta magazin.  Kitoblar passaji.  Musiqada: baland pardadan past pardaga yoki, aksincha, past pardadan baland pardaga izchil va tez o‘tib ijro etishdagi ton (tovush)lar izchilligi. 

PASSAT   [nem.  Passat -  goll. passaat ] geogr.  Tropik kengliklarda okeanlar uzra esib turadigan barqaror shamol, havo oqimi.  

PASSIV   I  [lot. passivus – harakatsiz ] buxg1  Korxona va tashkilotlarning barcha qarzlari va majburiyatlari.  2  Buxgalteriya balansining o‘ng tomoni: korxona va tashkilotlarning mansubligi va maqsadiga ko‘ra guruhlangan mablag‘larining (o‘z zaxiralari, boshqa muassasalardan olingan qarzlar) hosil bo‘lish manbaalarini ifodalaydi; zid. aktiv I.   

PASSIV II [lot. passivus – sust, sustkash; loqayd, irodasiz; majhul] Atrofdagi narsa va hodisalarga, kishilarga nisbatan befarq, loqayd qaraydigan; g‘ayratsiz, faoliyatsiz, shijoatsiz; zid. aktiv II,  faol.  Passiv kishi. Ishga yuzaki passiv qarash. == Munisdagi norozilik va passiv isyonlarning o‘zanlari va shoxobchalari muallifning shaxsiy hamda ijtimoiy hayoti bilan bog‘liqdir. “O‘TA”  

PATENT  [lot. patens, patentis – aniq, ochiq] Ixtirochiga davlat patent idorasidan beriladigan, uning o‘z ixtirosiga muallifligi va mutlaq huquqini tasdiqlovchi hujjat.   “Amiridin” degan preparati uchun AQSH, Buyuk Britaniya, Shveysariyada patent olindi.  «Fan va turmush».  Taniqli botanik olim Qahhor Hojimatov boshchiligida ushbu shifobaxsh vositani yaratgan tadqiqotchilar esa Davlat pantent idorasidan patent olishdi. «Fan va turmush».  Maʼdanlarni qayta ishlashga oid ishlab chiqilgan texnologiyalarga patentlar olindi. Gazetadan.  Savdo-sotiq yoki biror kasb-hunar bilan shug‘ullanish uchun ruxsat berilganligi haqidagi hujjat. Ilgarigi katta do‘konini yopib, pantentini topshirdi. A. Qahhor, Sarob.  Hojatbarorlikda qadamlari rostlanib, xususiy mehnat faoliyatini yurgizish uchun patent oldi.  Gazetadan.   O‘sha vaqtlari patent olib, o‘zimning shaxsiy “Moskvich”imda kirakashlik qilar edim. Gazetadan.   

PENTAGRAMMA   [ yun.  penta – besh  + gramma – harf; yozuv] mat. Har bir tomoniga bir xil teng yonli uchburchaklar yasalgan muntazam beshburchak.

PENYA   [lot. poena – jazo] esk.  Pul-to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun to‘lanadigan jarima.  .. bir qator tashkilotlar o‘zlari bilan tuzilgan shartnoma summasining qariyb 100 million so‘mini o‘zlashtirganligi uchun, endi kechikkan har bir kun uchun penya to‘lashga majbur. Gazetadan.  Sud, muddati o‘tkazib yuborilgani uchun har kun hisobiga 0,4 foizdan penya to‘lash lozimligi haqida qaror chiqardi. Gazetadan.   

PERIMETR  [yun. perimetron – aylana, doira - perimetreo – atrofni o‘lchayman] mat. Yopiq egri chiziqning uzunligi (mas., ko‘pburchakning perimetri uning hamma tomonlari yig‘indisiga teng).

ALTIMETR  [ lot. altum – balandlik + yun.  metron – o‘lcham, o‘lchov ]  Uchish apparatlarining yerdan balandligini o‘lchovchi asbob; balandlik o‘lchagich.

APORT(LAR)  [lot. apportokeltiraman, olb kelaman] Sotilgan aksiyalarga to‘lov sifatida aksiyadorlik jamiyatiga kelib tushadigan mulk.  

APOSTROF  [yun. appostrophos chetga, orqa tomongan qaragan, qaratilgan]  Yozuvda (ba’zi tillarda) harfiy belgi bilan ko‘rsatilmaydigan unli o‘rnida satr ustiga qo‘yiladigan, vergul ko‘rinishidagi belgi (’).

AUKSION  [lot. auction, auctionis –  o‘sish, ko‘payish; ommaviy savdo ] Ommaviy kimoshdi savdosi.

AHKOM  [ arab. hukmlar, buyruqlar, qonunlar ] esk. kt. Qonun-qoidalar, yo‘l-yo‘riqlar, hukmlar.  

BAZA  [yun. basis asos,  negiz.] 1 arxit. Ustunning, kolonnaning asosi, pastki yo‘g‘on tayanch qismi. 2 Xalq xo‘jaligi, ishlab chiqarish va madaniy-ma’rifiy sohalarning asosi, negizi, tayanchi: Moddiy-texnika bazasi. Eksperimental baza. Iqtisodiy baza. ­==  Moddiy-texnika bazamiz ma’lum darajada yangilanadi va sifati yaxshilanadi. Gazetadan. Maktablar va o‘quv yurtlarining moddiy bazasi ancha mustahkamlandi. Gazetadan.   ..adabiy tilimiz ilgargi kitobiylikdan qutulib, jonli xalq tili bazasiga o‘tdi. «O‘TA».   3  Muayyan moddiy narsalar to‘plami, majmui; zaxirasi. Ozuqa bazasi. Yem-xashak bazasi. Xomashyo bazasi. ==  Mustahkam ozuqa bazasini vujudga keltirmay turib, chorvachilikni rivojlantirish haqida o‘ylab ham bo‘lmaydi.  Gazetadan.  4 Muayyan xizmatlar ko‘rsatish va kerakli jihozlar bilan ta’min etib turishmaqsadida barpo qilingan maxsus joy, makon. Turistlar bazasi. Aviatsiya bazasi. Harbiy-dengiz bazasi. Sport bazasi. ==  O‘quvchilar..  turistik bazalarda dam olishni boshlab yubordilar. Gazetadan. Bolalar maydonchalari, sport kompleksi, sport-baydarka bazasi qurildi. Gazetadan.                   5 Moddiy zaxiralar saqlanadigan bino, inshoot; ombor. Ta’minot bazasi. Savdo bazasi.  ==  Juman aka choynak-piyola olgani stansiyaga tushsa, bazaga bir vagon mol kelibdi, ombor mudiri yuk tushirish bilan band ekan. S. Ahmad, Qadrdon dalalar.   Normamat uzoq yillar rayon neft bazasida ishladi.  Gazetadan. 

BAZIS  [yun. basis asos ]  1. iqt. Asos, negiz.  q. Baza 1, 2.   2  fls.  iqt. Jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida yuzaga keladigan ishlab chiqarish munosabatlari yig‘indisi. gi iqtisodiy tuzumdir. Bazis jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichidagi iqtisodiy tuzumdir. Gazetadan.   3 geod. astr. Yer yuzining ma’lum joyidan juda aniq qilib bevosita o‘lchab olinadigan asosiy chiziq. Jism kuzatilgan ikki nuqtani birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq kesmasi bazis deyiladi. «Astronomiya».

6373 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текстPowered by GSpeech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu