Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish

SIYOSATI

(yangi tahrirda)

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati (bundan buyon matnda Siyosat deb yuritiladi) xodimlar orasida hamda jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) yuqori axloqiy meʼyorlarga sodiqligini, shuningdek, Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslikni aks ettiradi.
  2. Siyosat ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari - Foydalanish bo‘yicha talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablarini inobatga olgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar tavsiyalari va yetakchi xalqaro amaliyot asosida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.
  3. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi boshqaruvi Agentlik faoliyatiga qaratilgan.
  4. Agentlikning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu siyosatni faoliyatining ahamiyatini hisobga olgan holda qabul qilishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini, mavjud bo‘lgan korrupsiya xavfi, tajribasi va mavjud manbalari asosida ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari lozim.
  5. Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida korrupsiyani tubdan yo‘qotishga erishish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish;

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga bardam berish, ularning oqibatlari, ularga olib keluvchi sabablar va shart- sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini taʼminlash.

  1. Siyosat Agentlikning ichki hujjati sifatida yuqorida ko‘rsatilgan asosiy maqsadlarga erishish uchun Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatida korrupsiya bilan bog‘lik huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga barham berishga qaratilgan asosiy talablar va tamoyillarni belgilab beruvchi asos hisoblanadi.
  2. Mazkur Siyosatning talablari egallab turgan lavozimi va bajaradigan vazifa va funksiyalaridan qatʼiy nazar Agentlik bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan barcha xodimlarga, shu jumladan, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlariga tadbiq etiladi.
  3. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalariga ishga qabul qilinayotgan har qanday shaxs ushbu Siyosat bilan imzo qo‘ygan holda tanishishga va uning qoidalariga rioya qilishga majbur.
  4. Ushbu Siyosat maqsadlarida quyidagi asosiy tushunchalar va atamalar qo‘llaniladi:

aloqador shaxslar - xodim bilan tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi holatlari bundan mustasno;

ish jarayonidagi mehmondo‘stlik belgilari - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari manfaatlarida faoliyat davomida hamkorlik o‘rnatish va (yoki) qo‘llab-quvvatlashga aloqador xarajatlar, shu jumladan, ishbilarmonlik bilan bog‘liq kechki ovqat, transport va yashash xarajatlarini qoplash bilan bog‘liq xarajatlar va h.k.;

korrupsiyaga qarshi kurashish talablari buzilganligi to‘g‘risida vijdonan xabar berish - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimi tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarlik sodir etilganligi (sodir etishga suiqasd qilinganligi) to‘g‘risida ruxsat etilgan aloqa kanallari orqali asosliligiga ishonch hosil qilgan holda yo‘llagan murojaat;

kontragent (shartnomaviy sherik) - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari bilan shartnomaviy munosabatlarga (mehnat munosabatlari bundan mustasno) kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs;

korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

korrupsiyaviy harakatlar - xodim tomonidan pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali porani yaʼni pul, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa mol-mulkni, mulkiy tusdagi xizmatlarni, boshqa mulkiy huquqlarni olish, talab qilish, taklif qilish, vaʼda qilish va berish, shuningdek, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, xodim tomonidan pora olish yoki huquqqa xilof boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya belgilariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi - qo‘llaniladigan amaldagi qonunchilik va ichki hujjatlarni korrupsiyaviy jihatdan buzilishini bartaraf etish, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan yuqori darajada kasbiy va axloqiy faoliyat olib borishlarini taʼminlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmui;

korrupsiyaviy xavf-xatar - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari yoki uchinchi shaxslar tomonidan Agentlik nomidan va (yoki) ularning manfaatlarini ko‘zlab korrupsiyaviy xatti-harakatlarni sodir etish ehtimoli va xavfi;

manfaatlar to‘qnashuvi - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir ko‘rsatayotgan yoxud taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda xodimning shaxsiy manfaatdorligi bilan Agentlikning o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;

rasmiyatchilikni soddalashtirish uchun to‘lovlar - belgilangan tartib-taomillar bajarilishini taʼminlash yoki tezlashtirish, tegishli qonunchilik, normalar va qoidalarda nazarda tutilmagan harakatlar sodir etish uchun g‘ayriqonuniy ravishda beriladigan pul mablag‘lari, mol-mulk, mulkiy huquqlar, xizmatlar va boshqa moddiy yoki nomoddiy naf;

xodimning shaxsiy manfaatdorligi – Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimi tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari);

xodim - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari bilan mehnat munosabatlariga kirishgan shaxs;

yaqin qarindoshlar - ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalar va opa- singillar, er (xotin), farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, shuningdek erning (xotinning) ota-onasi.

 

2-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari

  1. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini quyidagi tamoyillarga asoslanib amalga oshiradi:

qonuniylik - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari, davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha jahonda tan olingan amaliyotni hisobga olgan holda hamda Agentlik tizimining belgilangan ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi;

korrupsiyaga toqatsizlik - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari o‘z faoliyatining barcha sohalarida korrupsiyaning har qanday shakllari va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatda bo‘ladi. Agentlikning xodimlariga korrupsiyaviy xavf-xatar kelib chiqishi mumkin bo‘lgan faoliyatda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish taqiqlanadi;

ochiqlik va shaffoflik - Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida Agentlik xodimlari va kontragentlarini, keng jamoatchilikni xabardor qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora- tadbirlarning preventivligi, tizimliligi va o‘zaro bog‘liqligi - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishiga va korrupsiyaviy xavf-xatarlarga ko‘maklashuvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ahamiyat beradi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va tartib-taomillar aniqlangan xavf-xatarlar darajasiga muvofiq keladi hamda Agentlikning barcha funksiyalari va yo‘nalishlariga integratsiya qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga birlashtirilgan;

korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi - korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni sodir etgan Agentlik tizimi xodimlari o‘zining maqomi va egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar Agentlikning ichki hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladilar;

texnika taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanish - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratishda ilm-fan taraqqiyotining so‘nggi yutuqlaridan, shu jumladan, integratsiyalashtirilgan axborot tizimlaridan foydalanishga intiladi;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbariyatga murojaat qilish - Agentlik tizimining har bir xodimi korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganligini to‘g‘risida ishonchli va asosli maʼlumotlar mavjud bo‘lganda belgilangan choralarni ko‘rish uchun to‘sqinliksiz tashkilot rahbariga yoki Agentlikning Ichki nazorat va komplayens xizmatiga murojaat qilishi mumkin;

fuqarolik jamiyati vakillari bilan o‘zaro hamkorlik - Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari o‘zlariga yuklatilgan funksiyalarni bajarishda Agentlik faoliyatini halollik, xolislik va mustaqillik asosida mustaqil nazorat qilish maqsadida fuqarolik jamiyati vakillarini jalb etadilar;

korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirish - korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini monitoring va nazorat qilish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni amalga oshirish natijalariga ko‘ra Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining samaradorligini to‘xtovsiz ravishda oshirish choralarini ko‘radilar.

3-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimning elementlari

  1. Korrupsiyaga “mutlaqo toqatsizlik” tamoyiliga tayangan holda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarining barcha xodimlariga korrupsiya bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarda ishtirok etishi, yaʼni pora beruvchining manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishi yoki harakatsizligi uchun bevosita yoki bilvosita, shaxsan yoki uchinchi shaxslar orqali pora, yaʼni pullar, qimmatbaho qog‘ozlar, boshqa mol-mulk, mulkiy tusdagi xizmatlarni berishni talab qilish, tovlamachilik qilish, vaʼda berish va pora berish, pora berish va (yoki) olishda vositachilik qilish, rasmiyatchiliklarni soddalashtirish uchun to‘lovlarni olish, shaxs tomonidan pora olish yoki g‘ayriqonuniy boshqa maqsadlarda o‘z xizmat mavqeidan noqonuniy foydalanishi qatʼiyan taqiqlanadi.
  2. 1 Quyidagilar Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosiy elementlari hisoblanadi:
  3. a) korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha asosiy ichki hujjatlar mavjudligi, yaʼni Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining asosini:

mazkur Siyosat;

Agentlik markaziy apparati, tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarining odob-axloq qoidalari;

Agentlik tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizomda aks ettirilgan tamoyillar va talablarni tashkil etadi;

Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi talablariga rioya qilish va uni doimiy ravishda takomillashtirib turish majburiyatini o‘z ichiga oladi;

  1. b) “Yuqoridan quyiga munosabat” - Yuqori darajada rahbarlik namunasi:

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarining rahbarlari o‘ziga bo‘ysunuvchilar, fuqarolar va yuridik shaxslar bilan munosabatlarda halol, adolatli va mustaqil xulq-atvor namunasi bo‘lishlari kerak;

Agentlikning markaziy apparati, uning tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlari korrupsiyaga qarshi kurashish samarali tizimni yaratish va amalga oshirishda quyidagilar orqali yetakchilikni namoyish etadilar:

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatining xavf-xatarga ega funksiyalari (yo‘nalishlari)ga korrupsiyaga qarshi kurashish samarali chora-tadbirlar va tartiblarni joriy etish, shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi/yo‘l xaritasini ishlab chiqish va uning ijrosini nazorat qilish orqali ko‘maklashish;

o‘z mansab majburiyatlarini bajarish doirasida, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarida korrupsiyaning barcha shakllari va ko‘rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirgan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qonunchilik normalari va qabul qilingan ichki hujjatlarga rioya qilish va axloqiy xulq-atvor yuzasidan shaxsan namuna sifatida namoyon bo‘lish;

  1. d) korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash:

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari funksiyalarining xususiyati, tashkiliy tuzilmasi, jamiyat va boshqa shaxslar bilan o‘zaro faoliyat olib borishiga hamda boshqa ichki va tashqi omillarga bog‘liq holda o‘z faoliyatiga xos bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlaydi va baholaydi;

korrupsiyaviy xavf-xatarni aniqlash va baholash doirasida Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatining barcha sohalari korrupsiyaviy xavf-xatariga ko‘proq uchraydigan funksiyalarni aniqlash maqsadida tahlil qilinadi, ularda mavjud bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilishning barcha shakllari va tartib-taomillari aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytirish uchun yetarliligi jihatidan tahlil qilinadi. Xavf-xatarlarni aniqlash va baholash jarayonida Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmatining faol ko‘llab-quvvatlashi va nazorati ostida Agentlikning tegishli rahbarlari, korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi shaxslar ishtirok etadi;

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining korrupsiyaviy harakatlarga “mutlaqo toqatsizlik”ni hisobga olgan holda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaviy xavf-xatarlarning yuzaga kelish ehtimoli va taʼsir qilish darajasidan qatʼiy nazar ularni boshqarish zaruratini tan oladi;

korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash yiliga kamida bir marta amalga oshiriladi. korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari Agentlikning rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqiladi shuningdek, aniqlangan xavf-xatarlarni kamaytiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlar va tartib-taomillar Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlarida aks ettiriladi.

  1. e) korrupsiyaga qarshi kurashish uchun masʼul shaxslar va bo‘linmalar: Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘yish maqsadida Agentlikning markaziy apparatida korrupsiyaga qarshi kurashishni shakllantirish va nazorat qilish jarayoni uchun masʼul bo‘lgan alohida tarkibiy tuzilma – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Ichki nazorat va komplayens xizmati bo‘limi tashkil etilgan;

Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmati bo‘limi Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirishda yetarli darajada mustaqillikka va muhim resurslarga ega bo‘lib, bevosita Agentlik direktoriga bo‘ysunadi, tegishli direktor o‘rinbosari tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib boriladi va o‘z faoliyatini tasdiqlangan Ichki nazorat va komplayens xizmati bo‘limi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish uchun hududiy Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida ruxsat etilgan lavozimlarga korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funksiyasi yuklatilishi mumkin. Korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish funksiyalari Agentlik hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida va bo‘ysunuvdagi muassasalarda yuqori darajada korrupsiyaviy xavf-xatarga ega bo‘lmagan, shuningdek, yetarli darajada mustaqil bo‘lgan xodimiga yuklatiladi;

Agentlik hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida va bo‘ysunuvdagi muassasalarning korrupsiyaga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchilari korrupsiyani bartaraf etish choralarini ko‘radi, shu bilan birga, o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bilan hamkorlik qiladi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish boshqarmasi (Kadrlar boshqarmasi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari normalariga muvofiq belgilangan tartibda va hajmda xodimlar va aloqador shaxslarning yaqin qarindoshlari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni o‘z vaqtida va tizimli yig‘ish, tahlil qilish va yangilab borish uchun javobgar buladi;

Bundan tashqari, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari odob-axloq komissiyalari xodimlar o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish boshqarmasi (Kadrlar boshqarmasi)dan kelib tushgan maʼlumotlarni ko‘rib chiqadi va (manfaatlar to‘qnashuvi tartibga solinmagan taqdirda) uni hal qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi yoki aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning yetarliligi yoxud yetarli emasligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shuningdek, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan belgilangan odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi masalalarini ko‘rib chiqadi. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish doirasida Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish boshqarmasi (Kadrlar boshqarmasi) va Odob-axloq komissiyalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom asosida ish yuritadi;

  1. f)  aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarni minimallashtiruvchi korrupsiyaga qarshi kurashish choralar:

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari o‘z faoliyati va funksiyalaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarli yo‘nalishlarda umumiy nazorat muhitini va korrupsiyaga qarshi kurashish nazorat hamda tartib-taomillarni o‘z ichiga oluvchi korrupsiyaga qarshi kurashishning kompleks tizimini joriy etadilar.

Agentlik korrupsiyaga qarshi kurashishni nazorat qilish va tartib-taomillarning samaradorligi, jumladan, ularning aniqlangan xavf-xatar darajasiga mutanosibligi, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari uchun qatʼiyligi va aniqligi, fuqarolik jamiyati uchun shaffofligini taʼminlashga intiladilar;

Amalga oshiriladigan tadbirlar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha nazorat choralari va tartib-taomillar Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dasturi/rejasi/yo‘l xaritasida aks ettiriladi hamda tegishli ichki hujjatlarda belgilanadi;

  1. g)  axborotlashtirish, kommunikatsiya va maslahat berish: korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish va Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish tamoyillari va talablari haqida jamiyatning xabardorligini oshirish maqsadida, mazkur Siyosat va Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari to‘g‘risidagi asosiy maʼlumotlar ularning Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.

Bundan tashqari, Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaga qarshi kurashish amaldagi qonun hujjatlari normalari va korrupsiyaga qarshi kurashish joriy etilgan tamoyillar va talablar haqida Agentlik xodimlari va boshqa manfaatdor shaxslarni xabardor qilish va tushuntirish bo‘yicha quyidagilar orqali barcha oqilona xatti-harakatlarni amalga oshiradi:

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarini yiliga kamida bir marta korrupsiyaga qarshi kurashish asoslari bo‘yicha doimiy va tizimli o‘qitish, shu jumladan, ishga yangi qabul qilinayotgan xodimlarni ushbu Siyosat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha boshqa ichki hujjatlar bilan majburiy tartibda tanishtirish bilan birgalikda ularni korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha majburiy kurslarda o‘qitish. Korrupsiyaviy xavf-xatari yuqori bo‘lgan lavozimlar uchun Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha taʼlim dasturlari belgilanadi. O‘tkazilgan o‘qish/treninglar haqidagi maʼlumotlar Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantirish boshqarmasi (Kadrlar boshqarmasi)da qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi;

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari va fuqarolarning korrupsiyaga murosasiz munosabatini shakllantirish bo‘yicha va korrupsiyaga qarshi kurashish amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan tematik audio va videoroliklar hamda boshqa axborot maʼlumotlaridan foydalangan holda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlar o‘tkazish;

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganligi gumonlar yoki faktlar, korrupsiyaviy xavf-xatarlar va boshqalar (korrupsiya faktlari haqida xabar berilishi mumkin bo‘lgan usullari to‘g‘risidagi batafsil maʼlumot mazkur Siyosatning 4-bobida nazarda tutilgan) haqida xabar berilishi mumkin bo‘lgan aloqa kanallari bilan taʼminlash;

mazkur Siyosat qoidalarini qo‘llash yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida Ichki nazorat va komplayens xizmati bo‘limi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlar va tartib-taomillarni amalga oshirish bilan bog‘liq savollar kelib chiqqanda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlariga maslahatlar berish;

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarining mehnat shartnomalariga korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalarni kiritish;

tasdiqlangan rejaga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha masʼul shaxs tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish xulq-atvor yuzasidan tashviqotlar o‘tkazish;

kontragentlarni korrupsiyaga qarshi kurashish qabul qilingan talablar va tamoyillar haqida, shu jumladan, ular bilan tuziladigan shartnomalarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus shartlarni kiritish to‘g‘risida xabardor qilish va h.k.;

  1. h)  monitoring, nazorat va hisobot:

Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmati bo‘limi Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish amalga oshirilgan chora-tadbirlarning yetarliligi, mutanosibligi va samaradorligini baholaydi hamda doimiy monitoringini olib boradi. O‘tkazilgan monitoring natijalari bo‘yicha Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida monitoring va nazorat qilishning quyidagi tartib-taomillari amalga oshiriladi:

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyati va funksiyalaridagi o‘zgarishlar, ularning tashkiliy-funksional tuzilmasidagi o‘zgarishlar hamda boshqa ichki va tashqi omillarning Agentlikda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga taʼsirini, mazkur tizimga o‘zgartirish kiritish zaruriyatini tahlil qilish, shu jumladan, uni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligini taʼminlash;

tasdiqlangan rejaga muvofiq samarasiz nazorat va tartib- taomillarni aniqlash uchun ularni to‘g‘rilash va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ishonchliligi va samaradorligini taʼminlash maqsadida tanlov asosida Agentlik tizimidagi funksiyalar va ichki jarayonlarni monitoring qilish;

ichki va (yoki) tashqi tekshiruvlarni o‘tkazish jarayonida Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talablarga rioya qilinishini nazorat qilish;

Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmati bo‘limiga yuklatilgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va tegishli tartibda amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish va h.k.

Ichki nazorat va komplayens xizmati bo‘limini nazorat qilish va monitoringi bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari Agentlik tizimidagi muassasalar rahbarlarining choraklik hisobotlarida o‘z aksini topadi.

  1. i) huquqbuzarliklarga nisbatan munosabat bildirish va aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish:

mazkur Siyosatga amal qilish va Agentlik tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarga rioya qilish har bir xodim uchun o‘z xizmat majburiyatlarini bajarilishi doirasida majburiydir. Xodimlar belgilangan talab va tartib-taomillarning buzganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar. Bundan tashqari, bevosita rahbarlar o‘z bo‘ysunuvidagi xodimlar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etilganligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadilar;

korrupsiyaga qarshi kurashishga oid belgilangan talablar va tamoyillarni buzgan Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda va asoslarda intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar;

xodimlar ularni korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etishga undovchi shaxslarning har qanday murojaatlari to‘g‘risida, shuningdek, boshqa xodimlar tomonidan sodir etilgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida o‘ziga maʼlum bo‘lgan har qanday faktlar haqida o‘z rahbarlariga va Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmati bo‘limiga xabar berishlari shart;

korrupsiyaga mutlaqo toqatsizlik tamoyilini hisobga olgan holda, Agentlik tizimida Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarining korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etishlari bilan bog‘liq har qanday asosli shubha bo‘yicha xizmat tekshiruvlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq va ichki hujjatlarda belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini va (yoki) mazkur siyosat va Agentlikning boshqa ichki hujjatlarida belgilangan korrupsiyaga qarshi talab va tartib- taomillarni buzgan Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari, ularning lavozimi, xizmat muddati va boshqa omillardan qatʼiy nazar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida hamda Agentlikning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan doirada va asoslarda javobgarlikka tortiladilar;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik aniqlangan takdirda Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmati bo‘limi ularning sodir etilish sabablari va shart-sharoitlarini tahlil qiladilar va doimiy asosda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtiradilar;

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va tekshirish uchun boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat organlari bilan hamkorlik qiladilar.

4-bob. Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari

1. Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish

  1. 13. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish va (yoki) Agentlik manfaatlarini ifodalash doirasida vijdonlilik va halollik tamoyillariga amal qilishi, shaxsiy manfaatlarini hisobga olgan holda o‘zlarining xizmat mavqeidan va (yoki) Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarining mol-mulkidan foydalanmaslik va manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan vaziyatlardan saqlanishlari lozim.

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarining o‘zlarining xizmat majburiyatlarini lozim darajada va xolis bajarishlariga, jumladan, xolis qaror qabul qilishga hamda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarining huquqlari, qonuniy manfaatlari, mol-mulki va (yoki) nufuziga taʼsir qiladigan yoki taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyatda manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga keladi.

  1. 14. Agentlik tizimining xodimlari ishga qabul qilinishida, boshqa lavozimga o‘tkazilishida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorligi haqidagi maʼlumotlarni har yili va tegishli vaziyatlar/holatlar yuzaga kelishiga qarab oshkor qilishga majburdirlar. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni oshkor qilish va uni hal qilish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.

2. Sovg‘alar va ish jarayonida mehmondo‘stlik belgilari

  1. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlariga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq holda jismoniy va yuridik shaxslardan biron-bir sovg‘a yoki ish jarayonida mehmondo‘stlikning belgilari, qarz, kafolatlar, kafilliklar, mukofotlar shaklida rag‘batlantirish vositalarini, naqd pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalenti, qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida moddiy yordam qabul qilish taqiqlanadi.
  2. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan rasmiy delegatsiyalar tarkibida, rasmiy tadbirlarda, jumladan, xorijda olingan har qanday sovg‘alar summasidan qatʼiy nazar Agentlikning mulkiga o‘tkaziladi.
  3. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlariga ularning shaxsi bilan bog‘liq bayramlar (tug‘ilgan kun, bolaning tug‘ilishi, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni)da berilgan, xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sovg‘alar xodimning shaxsi bilan bog‘liq sovg‘alar deb tan olinadi.
  4. Bunday sovg‘alarni berishda quyidagi talablarga rioya qilish lozim:

sovg‘alar Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarining kamida uch nafar xodimlari ishtirokida berilishi;

sovg‘a berish jaryoni tabrik nutqi bilan birga bo‘lishi, unda sovg‘a berishga sabab bo‘lgan voqea o‘zining aniq ifodasini toptan bo‘lishi;

sovg‘aning umumiy qiymati (barcha soliqlar va yig‘imlarni hisobga olgan holda) 5 (besh) bazaviy hisoblash miqdoridan oshmasligi;

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarining bitta xodimi boshqa xodimga sovg‘a uchun sarflaydigan xarajat summasi, har bir holatda 2 (ikki) bazaviy hisoblash miqdordan oshmasligi kerak.

  1. Shubhalar paydo bo‘lmasligi uchun boshqa davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, hamkasabalar va kontragentlar, ushbu Siyosatning 16 va
    17-bandlarida ko‘rsatilmagan boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan har qanday bayram (tug‘ilgan kun, farzand tug‘ilishi, Vatan himoyachilari kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni va h.k.ni inobatga olgan holda, biroq bu bilan cheklanmasdan) bilan bog‘liq holda olinadigan, ushbu Siyosatning 15-bandida sanab o‘tilgan sovg‘alar va boshqa moddiy boyliklarni olish taqiqlanadi.
  2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi nomidan xalqaro konferensiyalarda, simpoziumlarda va boshqa ishbilarmonlik (xizmatga oid) yig‘ilishlarda sovg‘alar berish Agentlik direktori yoki uning o‘rinbosarlarining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
  3. Sovg‘ani qabul qilishning qonuniyligi to‘g‘risida shubha tug‘ilgan har qanday hollarda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimi Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmati bo‘limiga maslahat so‘rab murojaat qilishi lozim.

3. Xodimlarni tanlash, lavozimdan lavozimga o‘tkazish, moddiy rag‘batlantirish

  1. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarini tanlash, ularni attestatsiyadan o‘tkazish va faoliyatini baholash, shu jumladan mukofot pullarini to‘lash, ustama haqlar va boshqa turdagi mukofotlarni belgilash jarayoni barcha xodimlar uchun shaffof, teng va xolis bo‘lib, ushbu Siyosatning asosiy tamoyillari va talablariga muvofiq keladi.
  2. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida ularning rahbarlari, shuningdek, boshqarma va bo‘lim boshliqlarini mukofotlashga asos bo‘lib xizmat qiladigan, ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini baholash tartibi va mezonlari ishlab chiqilgan bo‘lishi lozim. Ushbu ko‘rsatkichlar xolis, oshkora hamda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.

4. Tekshirishlarni o‘tkazish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini o‘rganish

  1. Turli xil tekshirishlarni o‘tkazish hamda davlat organlari va tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda - “Tekshirish obyektlari”) faoliyatini o‘rganishda Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari:

-  manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi;

-  obyektni tekshirish bir xodim tomonidan amalga oshirilmasligi;

-  sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni soxtalashtirish uchun tekshirish obyektga vakillarining savodsizligidan foydalanib qonun hujjatlari normalarini noto‘g‘ri talqin qilmasligi, tekshirilayotgan obyekt xodimlarini aniqlangan faktlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish bilan qo‘rqitmasligi;

- tekshirilayotgan obyektning xodimlariga tahdid qilmasligi;

- tekshirish predmetiga kirmaydigan masalalar bilan qiziqmasliklari va hujjatlarni so‘ramasliklari.

- Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari tekshirish davomida aniqlangan har bir huquqbuzarlik holatlariga qonuniy va professional baho berishlari;

- agar tekshirish obyekti vakillari Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlariga aniqlangan qonunbuzarliklarni yashirish uchun pora va (yoki) biron-bir moddiy qimmatlik yoki xizmatlarni taklif qilsa, tekshirish guruhi rahbarini darhol xabardor qilishlari;

- tekshirish obyekti vakillariga Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarining axloqiy xulq-avtor tamoyillariga muvofiq xolis munosabatda bo‘lishlari shart.

  1. Xizmat majburiyatiga davlat organlari va tashkilotlarini tekshirish kiradigan Agentlikning tarkibiy tuzilmalarida o‘tkazilgan tekshirish natijalari bo‘yicha Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan qabul qilingan qarorlar yuzasidan nizolashish uchun apellyatsiya instansiyalari tashkil etiladi.

5-§. Kontragentlar va uchinchi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar

  1. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari ushbu Siyosatning tamoyillari va talablariga zid bo‘lgan har qanday to‘lovlar va (yoki) shu kabi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun mahsulot yetkazib beruvchilarni, pudratchilarni va boshqa uchinchi tomonlarni jalb qilmaydilar.
  2. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari kontragentlar bilan munosabatlarda o‘z faoliyatini amalga oshirishida qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga amal qiladilar. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tanlashning xolis mezonlaridan foydalanishga asoslangan, mahsulot yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa kontragentlarni tanlab olishning haqqoniy, ochiq va shaffof jarayonini hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va sotib olinadigan mahsulotning Agentlik tizimining ichki hujjatlari bilan tartibga solinadigan bahosini aniqlashning shaffof tartibini taʼminlaydilar.
  3. 28Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari kontragent bilan o‘zaro hamkorligida:

ehtimoli yuqori bo‘lgan kontragentning ishonchliligini, shu jumladan o‘tmishda korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni sodir etganligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligida davlat xaridlari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalari doirasida Agentlik tizimi xodimlari bilan manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligini tekshiradilar;

ehtimoli yuqori bo‘lgan kontragentni (tanlov, tender g‘olibini va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid kontragentini) o‘zining korrupsiyaga qarshi tamoyillari va talablari haqida ular bilan tuziladigan shartnomalar matniga korrupsiyaga qarshi maxsus shartlarni qo‘shgan holda xabardor qiladilar.

6. Xayriya va homiylik faoliyati

  1. 29. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari qonunda nazarda tutilgan hollarda xayriya va homiylikni qabul qilishlari mumkin. Bunday yordamni olgan paytda Agentlikda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, mablag‘larni qonunda va (yoki) shartnomada belgilangan maqsadlar uchun samarali sarflanishini taʼminlash, shuningdek Internet tarmog‘idagi o‘zining rasmiy veb-saytlarida imkon qadar barcha choralarni ko‘rishlari mumkin.

 

7. “Sirli mijoz” tadbiri

  1. 30. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifati va tezligini, shuningdek haqqoniy va ochiq tanlov natijalariga ko‘ra tanlab olingan mustaqil kompaniyalar tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga moyilligini aniqlash uchun xizmatlarning haqiqiy oluvchilari sifatida alohida nazorat tadbirlari o‘tkaziladi. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida mustaqil kompaniya bunday xizmatlarning sifati, muddatlari, shartlarini, shuningdek, Agentlik tizimi xodimlarining belgilangan axloq qoidalariga, shu jumladan xodimning pora olishga moyilligini belgilab boradi.
  2. 31. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari o‘tkazilgan “sirli mijoz” tadbirlari to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqadilar va korrupsiya xavfi aniqlangan takdirda xizmat tekshiruvi tayinlash haqidagi tashabbus bilan chiqadilar.

8. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatini videotasvirga olish va translyatsiya qilish

  1. 32. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan faoliyati (xususan, xodimlar bilan suhbat o‘tkazish va ularni sinovdan o‘tkazish, komissiya yig‘ilishlari va boshqalar) video tasviri kameralarga tushirilib, ular ushbu bo‘limda saqlanib boriladi.

Ayrim jarayonlarni onlayn translyatsiyalari Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

9. Ichki hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizasi

  1. 33. Ichki hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishda hujjatlarda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon yaratadigan korrupsiyaviy omillar kelib chiqishini oldini olish, aniqlash va istisno qilish maqsadida ham ekspertiza o‘tkaziladi.

10. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlariga maslahat berish

  1. 34. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarida korrupsiyaga qarshi amaldagi qonun hujjatlari talablari, ushbu Siyosat qoidalari yoki Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarida korrupsiyaga qarshi boshqa chora-tadbirlar va tartib-taomillar bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday savollar bo‘lsa, ular Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.

5-bob. Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berish

  1. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari va boshqa shaxslar, agar ular Agentlik tizimi xodimlari xatti-harakatlarining qonuniyligi va (yoki) odob-axloqqa muvofiqligi to‘g‘risida shubha tug‘ilsa, korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlari sodir etilishiga gumon yoki sodir etilganligi faktlari bo‘lsa, ular bu haqda Agentlikning foydalanish mumkin bo‘lgan aloqa kanallari orqali xabar berishlari mumkin.
  2. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari o‘z vakolatlari va mavjud imkoniyatlari doirasida huquqbuzarlik to‘g‘risida ishonchli maʼlumot bergan shaxsning maxfiyligini taʼminlaydilar (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).
  3. Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari o‘z xodimlarining manfaatlarini himoya qiladilar va qasos olishga qaratilgan harakatlarga, shu jumladan ishdan bo‘shatish, lavozimni pasaytirish, kamsitish, bosim o‘tkazish, Agentlik tizimining boshqa xodimlarining shubhali harakatlari yoki ular tomonidan ushbu Siyosatning korrupsiyaga qarshi talablarini buzish ehtimoli haqida xabar bergan shaxslarni taʼqib qilinishiga yo‘l qo‘ymasligini kafolatlaydilar.
  4. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni quyidagi aloqa kanallari orqali berish mumkin:

Agentlik Ishonch telefon raqami “(071)259-21-37”;

Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmati xodimlari telefon raqamlari;

Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmati elektron pochta manzili compliance@quallitygreen.com;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqni muhofaza qilish organlariga.

  1. Agentlik tizimining aloqa kanallariga kelib tushgan barcha xabarlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va Agentlikning ichki hujjatlariga muvofiq xolis tarzda va o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi.
  2. Anonim ravishda (faqat Agentlik rasmiy veb-saytidagi “Anonim murojaat” kanali orqali) yuborilgan xabarlar ham ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi. O‘z nomini oshkor qilinmasligini istagan ariza beruvchi bunday holatda quyidagilarni tan oladi:

Agentlik xabarga javob berish uchun murojaat etuvchi shaxs bilan bog‘lana olmaydi;

Agentlik zarur qo‘shimcha maʼlumotlarni olishning imkoniyati yo‘qligi sababli xabarni to‘liq va har tomonlama tekshirishni amalga oshira olmaydi.

  1. Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan kelib tushgan xabarga javob berish uchun murojaat etuvchi shaxs bilan quyidagi holatlarda bog‘lanilmaydi:

to‘liq va keng qamrovli tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha maʼlumotlarning yo‘qligi;

Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimining qasddan yolg‘on maʼlumotni taqdim etishi ushbu Siyosatni buzilishi va axloqsiz xulq-atvorning namunasi sifatida qaralsa, bunday shaxs esa O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va Agentlikning ichki hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin.

  1. Agentlik tizimida korrupsiya faktlari to‘g‘risida vijdonan xabar bergan Agentlik xodimlari, agar bu maʼlumotlar tasdiqlangan bo‘lsa, ichki hujjatlarga muvofiq rag‘batlantirilishi mumkin.
  2. Barcha aloqa kanallarining ishlashi va olingan xabarlarni qayta ishlash/ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi batafsil maʼlumot Agentlikning ichki hujjatlarida aks etgan.

6-bob. Qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar kiritish tartibi

  1. Ushbu Siyosat quyidagi hollarda qayta ko‘rib chiqilishi va tuzatilishi kerak:

korrupsiyaga qarshi kurashish amaldagi siyosat va tartib-taomillarni qayta ko‘rib chiqish zaruratini keltirib chiqaradigan holda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi o‘zgarganda;

korrupsiyaga qarshi kurashish samarasiz nazorat va tartib-taomillar aniqlanganda va Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirishga zarurat tug‘ilganda;

Agentlik tizimining tashkiliy tuzilmasi va (yoki) Agentlikning markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan o‘z vazifalarini bajarishi xususiyatlari va boshqalar o‘zgarganda.

Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalariga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalar (korrupsiyaga qarshi shartlar)ning mazmuni bo‘yicha

ASOSIY SHARTLAR

  1. Xodim ushbu mehnat shartnomasi bo‘yicha o‘z xizmat vazifalarini bajarayotganda, korrupsiyaviy xatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga taʼsir qilish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida pora taklif qilmaslik, vaʼda bermaslik, pul to‘lamaslik, tovlamachilik qilmaslik, bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaslik va pora olmaslik, biron-bir shaxs foydasiga yoki biron bir shaxs xizmatlaridan foydalanmaslik, mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni olmaslik, shuningdek o‘z vakolatlarini suiisteʼmol qilmaslik majburiyatini oladi.
  2. Xodim atrofdagi shaxslar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarlikni sodir etish yoki unda qatnashishga tayyorgarlik ko‘rish sifatida baholanishi mumkin bo‘lgan xulq-atvordan o‘zini tiyishi shart.
  3. Xodim O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ichki hujjatlariga muvofiq manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishini oldini olish choralarini ko‘rishi va manfaatlar to‘qnashuvi yoki uning kelib chiqish ehtimoli haqida o‘ziga maʼlum bo‘lishi bilan darhol ish beruvchini yoki uning o‘rnini bosadigan shaxslarni xabardor qilishi shart.
  4. Agar xodim O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining boshqa xodimlari tomonidan sodir etilgan va sodir etilishi rejalashtirilayotgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi faktlarni aniqlasa, u ushbu maʼlumotni aloqa kanallari orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatida ko‘rsatilgan shaxslarga taqdim etishi shart.
  5. Xodim O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan korrupsiyaga qarshi talablarni buzgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.

Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari tomonidan kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalarning (korrupsiyaga qarshi kurashish shartlari) mazmuni bo‘yicha

ASOSIY SHARTLAR

  1. Taraflar shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarayotganda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga zid keladigan har qanday harakatlarni amalga oshirmaydilar, shu jumladan, pora berishni taklif qilmaydi, vaʼda bermaydi, tovlamachilik qilmaydi, pora sifatida pul to‘lamaydi, bevosita yoki bilvosita pora olishga rozilik bermaydi yoki pora, yaʼni O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimi o‘z xizmat majburiyatlaridan foydalangan holda pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab muayyan harakatlarni sodir etishi yoki sodir etmasligi shartligi yoki mumkinligi uchun moddiy qimmatliklar yoki mulkiy naf olmaydi. Taraflar ushbu harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rilishiga kafolat beradi.
  2. Agar shartnoma bo‘yicha bir Taraf O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimining axloqqa to‘g‘ri kelmaydigan va ushbu shartnoma yoki O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid keladigan xatti-harakatlariga, shu jumladan, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etishga majburlashdan iborat bo‘lgan faktlar duch kelsa, bu haqda quyidagi aloqa kanallaridan biri orqali xabardor qilishi kerak:

Agentlik Ishonch telefon raqami “(071)259-21-37”;

Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmati xodimlari telefon raqamlari;

Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmati elektron pochta manzili cs@quallitygreen.com

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarining odob-axloq

QOIDALARI

 

1-bob. Umumiy qoidalar

 

  1. Ushbu O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlarining odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda – Odob-axloq qoidalari) “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tizimiga kiruvchi barcha tashkilotlar, jumladan, Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari (keyingi o‘rinlarda – Agentlik tizimi tashkilotlari) xodimlari (keyingi o‘rinlarda – Agentlik tizimi xodimlari)ning kasbiy madaniyati, xizmat faoliyati davomida hamda xizmatdan tashqari vaqtda odob-axloqi, tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubining qoidalarini belgilaydi.

Mazkur Odob-axloq qoidalari Agentlik tizimi tashkilotlarida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida tizimga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda Agentlik tizimi xodimlarining Odob-axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilgan.

  1. Mazkur Odob-axloq qoidalarida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

yaqin qarindoshlar - qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari;

urug‘-aymoqchilik - xodimning umumiy ajdodga ega bo‘lgan muayyan qarindoshga mansubligi asosida uchinchi shaxslarga sub’ektiv, iltifotli va noxolis munosabatda bo‘lish tarzidagi shaxsiy manfaati;

manfaatlar to‘qnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik Davlat xizmatchisining mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan Agentlikning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;

korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;

kontragent – tizim tashkilotlari bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs, mehnat munosabatlari bundan mustasno;

xodimning shaxsiy manfaatdorligi – Agentlik tizimi xodimi tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari);

maxalliychilik - shaxsni faqatgina qarindoshligi (qarindoshini hamma bilishi yoki mashhurligi va uning jamoatchilik tan olganligi) va bunday shaxsning hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan organlardagi qarindoshlarining xizmat mavqei sababli lavozimga qo‘yiladigan malaka talablarini hisobga olmasdan ishga yollash, rotatsiya qilish hamda lavozimga tayinlash;

nepotizm (tanish-bilishchilik) - o‘zining yaqin qarindoshlari yoki do‘stlariga asossiz imtiyozlar berish maqsadida hokimiyatdan foydalanish va (yoki) ta’sir o‘tkazish, biroq quyidagi vaziyatlar bilan cheklanib qolmaslik: yaqin qarindoshlari va (yoki) do‘stlariga asossiz mukofotlar hisoblash, Agentlik tizimi zarariga yaqin qarindoshlari va do‘stlarini ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash;

homiylik - yon bosish, qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish shaklida xodimni yuqoriroq lavozimdagi xodim tomonidan himoya qilinishi;

Agentlik tizim xodimi – Agentlik tizimi tashkilotlari bilan mehnat munosabatlariga kirishgan shaxs;

favoritizm - Agentlik tizimi xodimi bir shaxs yoki bir guruh shaxslar manfaatlarini boshqa shaxs va (yoki) shaxslar guruhi manfaatlaridan ustun qo‘yish, shu bilan birga, tizim tashkilotlarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, lavozimi bo‘yicha ko‘tarish, mukofotlarni hisoblash va davlat mukofotlariga tavsiya qilish, mehnat ta’tillari berish yoki sanatoriyalar va xorij safarlariga yuborish, murojaatlarni ko‘rib chiqish navbatini, shuningdek, ish vaqti va navbatchilik grafiklarini belgilash shular jumlasidandir.

  1. Agentlik tizimi xodimlari o‘z kasbiy faoliyatini quyidagi prinsiplar asosida amalga oshirishi shart:

qonuniylik;

Vatanga sadoqat va xizmat vazifasiga fidoyilik, yuklangan funksional vazifalarini to‘liq bajarish, ijro intizomiga qat’iy rioya etish;

fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

davlat va jamiyat manfaatlariga sodiqlik;

adolatlilik, halollik va xolislik;

korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish va qarshi kurashish;

xizmat sirini qat’iy saqlash;

mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik;

manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik.

  1. Agentlik tizimi xodimlari mehnat faoliyati davomida va ishdan tashqari vaqtda xulq-atvorning quyidagi umumiy qoidalariga amal qilishi lozim:

davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti- harakatlardan tiyilish, axloq normalariga doimiy rioya qilish;

mas’uliyat, kasbiga sadoqat va halollikni kundalik shiorga aylantirish;

murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblariga ko‘maklashish;

xushmuomalalik, e’tiborlilik va hushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish;

oilasida sog‘lom muhitni ta’minlab, oila a’zolariga doimiy g‘amxo‘r bo‘lish, farzandlarida vatanparvarlik va boshqa yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;

fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat’iy nazar, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo‘lish;

jamiyatda axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilish.

  1. Agentlik tizimi xodimlari o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Odob-axloq qoidalariga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
  2. Agentlik tizimi xodimlari Odob-axloq qoidalariga rioya qilish majburiyatiga, fuqarolar esa Agentlik tizimi xodimlaridan mazkur qoidalarga mos bo‘lgan kasbiy madaniyatni talab qilish huquqiga ega.
  3. Agentlik tizimi xodimlarining Odob-axloq qoidalariga rioya etishi ularning faoliyati hamda xizmatdagi axloqini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

Agentlik tizimi xodimlari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi holati ularni kelgusida yuqori lavozimlarga tayinlash va rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishda hisobga olinadi.

  1. Agentlik tizimi xodimlari mazkur Odob-axloq qoidalarning talablariga rioya etishlari shart hamda ularni bilish va ularga rioya qilish majburiyati egallab turgan lavozimi va bajaradigan ishining xususiyatidan qat’iy nazar Agentlik tizimi tashkilotlarining barcha xodimlariga tadbiq etiladi.
  2. Agentlik tizimi tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, hududiy boshqarmasi va idoraviy mansub tashkilotlardagi manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom”da belgilangan.
  3. Agentlik tizimi xodimlarida mazkur Odob-axloq qoidalar, kasbiy xulq-atvor yoki Agentlikda tartib-taomillar bilan bog‘liq har qanday savollar paydo bo‘lganida ular o‘zining tarkibiy bo‘linmasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida ichki nazorat va komplaens xizmatiga, shuningdek, “(71) 259 2137 Ishonch telefoni”ga maslahat so‘rab murojaat qilishlari mumkin.

2-bob. Xizmatdagi xulq-atvorning asosiy tamoyillari va qoidalari

  1. Agentlik tizimi xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini quyidagi tamoyillar asosida bajarishlari shart:

qonuniylik – Agentlik tizimi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga so‘zsiz rioya qiladilar hamda o‘z xizmat majburiyatlarini mansab yo‘riqnomalari, mehnat shartnomalari, ichki hujjatlar va
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bajaradilar;

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi - fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari Agentlik tizimi tashkilotlarining oliy qadriyati bo‘lib hisoblanadi. Agentlik tizimi xodimlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaydilar va qonunbuzarlik bo‘lgan hollarda ularni tiklashga ko‘maklashadilar.

vatanparvarlik va xizmat burchiga sodiqlik – Agentlik tizimi xodimlari o‘z faoliyatini ma’naviy va vatanparvarlik qadriyatlari, Vatanga sadoqat, xizmat burchiga sodiqlik asosida jamiyatning Agentlik tizimiga bo‘lgan talabini ifodalagan holda amalga oshiradilar. O‘z xizmat burchlarini shaxsiy xayrixohlik, o‘z manfaatlari va mafkuraviy qarashlaridan qat’iy nazar bajaradilar;

davlat va jamiyat manfaatlariga sadoqat – Agentlik tizimi xodimlari o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishga hamda davlat va jamiyat manfaatlarini ko‘zlashga to‘sqinlik qiladigan shaxsiy manfaatdorligi ta’siri bilan bog‘liq har qanday harakatlardan o‘zlarini tiyishlari lozim;

adolat, halollik va xolislik – Agentlik tizimi xodimlari Agentlikka murojaat qilgan barcha shaxslarga nisbatan adolatli, halol va xolis munosabatda bo‘lishni ta’minlaydilar;

professionallik va kompetentlilik – Agentlik tizimi xodimlari Agentlikning asosiy qadriyati bo‘lib hisoblanadi, ularning malakasi, ishonchi, ezgu niyati, hamkorligi va jamoaviy ruhi qo‘yilgan maqsadlarga erishish hamda Agentlik tizimi tashkilotlarini takomillashtirish imkonini beradi. Agentlik tizimi xodimlari professionallik, benuqson ishchanlik obro‘si, jamoada qulay ma’naviy va ruhiy muhitni yaratishda yordam berish, shuningdek, hamkasblari bilan samarali bilim va tajriba almashishni ta’minlashi majburiydir;

samaradorlik va tejamkorlik – Agentlik o‘z faoliyati samaradorligini erishilishi, shuningdek oshirishni jamiyat va davlat farovonligini oshirish imkonini beradigan strategik vazifalardan biri sifatida ichki boshqaruv, fuqarolar, tashkilotlar va davlat organlari bilan o‘zaro aloqalar tizimini takomillashtirish, innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish va boshqa yo‘llar bilan doimiy ravishda ko‘rib chiqadilar. Agentlik tizim xodimlari, o‘z navbatida, Agentlikning mulkiga, o‘zining va boshqa xodimlarning vaqtiga mas’uliyat va ehtiyotkorlik bilan yondashadilar.

 

3-bob. Kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-axloq qoidalari

 

  1. Agentlik tizimi xodimlari:

fuqarolarning jinsi, irqi, millati, fuqaroligi, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei kamsitilishiga olib keluvchi ta’sir choralari va harakatlar (harakatsizlik)ga yo‘l qo‘ymasligi;

halol, adolatli va kamtar bo‘lishi, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilishi;

jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qarorlarni qabul qilishda qonuniylikni, adolatlilikni va shaffoflikni ta’minlashi;

davlat va jamiyat manfaatlariga zarar yetkazuvchi, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati samaradorligini pasaytiradigan harakatlar (harakatsizlik)dan tiyilishi;

o‘zining xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik choralarini ko‘rishi, tanqid uchun ta’qibga yo‘l qo‘ymasligi, asosli va konstruktiv tanqiddan o‘z faoliyatidagi kamchiliklar hamda nuqsonlarni bartaraf etish yo‘lida foydalanishi;

davlat organlari va tashkilotlari, tizim xodimlari va boshqa shaxslarga o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda shaxsiy masalalar yuzasidan ta’sir o‘tkazmasligi;

o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olmasligi;

davlat mulkining but saqlanishini ta’minlashi, o‘ziga ishonib topshirilgan davlat mulkidan faqat xizmat maqsadlarida foydalanishi;

xizmat intizomiga qat’iy rioya qilishi, ish vaqtidan oqilona va samarali foydalanishi;

aholining davlat xizmatlari iste’molchisi sifatidagi talablariga muvofiq doimiy ravishda faoliyat sifatini oshirib borish choralarini ko‘rishi;

qonun bilan intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan huquqbuzarlik va boshqa xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi;

kasb etikasi va ishchanlik uslubiga rioya etishi;

siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida xizmat mavqei va imkoniyatlaridan foydalanmasligi kerak.

  1. Agentlik tizimi xodimlari o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlardan ular mehnat vazifasini bajarayotgan paytda partiya nomidan siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanishni talab qilishi, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat tashkilotlari faoliyatida ishtirok etishga da’vat etishi yoki majburlashiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

4-bob. Xizmat faoliyatiga oid odob-axloq qoidalari

 

  1. Agentlik tizimi xodimlari xizmat faoliyati davomida quyidagilarga majbur:

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etishi;

mamlakat sha’nini e’zozlash, davlat siyosatiga sodiq bo‘lish;

tashqi siyosat sohasida davlat manfaatlarini qat’iy himoya qilish;

o‘z xizmat vazifalarini vijdonan, halol va yuksak professional darajada bajarish, rasmiyatchilik, soxtakorlik va suiiste’molchilikka yo‘l qo‘ymaslik;

xizmat majburiyatlarini samarali bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni doimiy asosda oshirish;

yuqori davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari hamda berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarga biron-bir shaxs, guruh yoki idoralar manfaati nuqtai nazaridan yondashmaslik hamda ularning manfaatlari ifoda etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

har qanday qonunbuzilishiga, ayniqsa, korrupsiya holatlariga qarshi murosasizlik bilan kurashish;

xizmat safarlari, nazorat tadbirlari davomida mehnat faoliyati bilan bog‘lik bo‘lgan xar qanday turdagi sarf-xarajatlarni boshqa shaxslar hisobidan amalga oshirmaslik;

Agentlik tizimi xodimlari yoki boshqa shaxslar tomonidan jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etishga undovchi murojaatlar haqida, shuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki tayyorgarlik ko‘rilayotgan qonunbuzilishlar haqida o‘zining rahbariga zudlik bilan ma’lum qilish;

chet el fuqarolari bilan alohida belgilangan tartibga zid ravishda bevosita yoki boshqa shaxslar orqali muloqotga kirishmaslik;

o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotganda fuqarolar va boshqa shaxslarni kamsitmaslik, ularning ta’siridan saqlanish, fuqarolar huquqlari, majburiyatlari va qonuniy manfaatlarini hisobga olish;

o‘z xizmat majburiyatlarini vijdonan bajarishga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan saqlanish;

davlat siri, qonun bilan qo‘riqlanadigan va xizmatga oid boshqa ma’lumotlarning oshkor etilmasligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rish, ulardan qonunga zid ravishda foydalanmaslik;

axborotlarni tarqatish qoidalariga rioya qilish, Internet jahon axborot tarmog‘i va axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanishda axborot xavfsizligini ta’minlashning belgilangan tartibiga amal qilish;

biriktirilgan xizmat kompyuteri hamda elektron tashuvchilaridagi xizmatga oid ma’lumotlarning xavfsiz saqlanishini ta’minlash va ularni boshqa shaxslarga tarqatilishining oldini olish choralarini ko‘rish;

ijtimoiy tarmoqlarda davlat organlari va tashkilotlari hamda mansabdor shaxslar faoliyatini muhokama qilmaslik, axloqqa zid iboralarni ishlatmaslik, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan odamlarda ishonchsizlik kayfiyatini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan materiallarni joylashtirmaslik;

fuqarolar va hamkasblarining sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiruvchi ma’lumotlar, tuhmat, ig‘vo va uydirmalarni tarqatmaslik;

mehnat va ijro intizomi, ichki tartib qoidalariga, shuningdek, telefonda so‘zlashish va kiyinish madaniyatiga qat’iy rioya etish;

o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish;

jamoada sog‘lom ma’naviy muhitni saqlash choralarini ko‘rish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunda belgilangan tartibda hamda muddatlarda qonuniy, asosli va adolatli hal qilish;

mehnat jamoasida ishchanlik muhitini shakllantirish va uni mustahkamlashga ko‘maklashish;

mehnat jamoasida hamkasblarining sha’ni va qadr-qimmatini obro‘sizlantiradigan shaxsiy va kasbiy fazilatlarini muhokama qilishdan tiyilishi kerak.

  1. Rahbarlar quyidagilarga majbur:

bo‘ysunuvidagi tizim xodimlariga professionalizm, halollik, xolislik va adolatlilikda o‘rnak bo‘lish;

jamoada sog‘lom ma’naviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirish;

ishdan tashqari vaqtda qonunchilikka asoslangan holda xodimlarni ishga jalb etmaslik, yig‘ilishlar o‘tkazmaslik;

xodimlarni qonunga xilof xatti-harakatlarni amalga oshirishga undamaslik hamda ulardan bunday harakatlarni bajarishni talab qilmaslik;

kadrlarni mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bo‘yicha tanlash, tayinlash yoki tavsiya etishga yo‘l qo‘ymaslik;

jamoada guruhbozlik va favoritizm ko‘rinishlariga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning oldini olish;

xodimlarning faoliyatiga baho berishda qonuniy, asosli va adolatli qarorlar qabul qilish;

xodimlar tomonidan korrupsiya va boshqa suiiste’molchiliklar sodir etilishining oldini olish choralarini ko‘rish;

bo‘ysunuvidagi xodimlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish choralarini ko‘rish;

vakolati doirasida shartnomalar tuzish, tanlovlar o‘tkazish yoki rozilik berish masalalariga xolis, adolatli va qonuniy yondashish;

xizmat avtotransport vositalaridan xizmat faoliyatidan tashqari  shaxsiy va boshqa maqsadlarda foydalanmaslik.

  1. Rahbarlar bo‘ysunuvidagi xodimlarga qo‘pol muomalada bo‘lishi, haqorat qilishi, shaxsiyatiga tegishi, ularga asossiz tanbeh berishi yoki ayblashi hamda kamsitishi mumkin emas.

 

5-bob. Xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari

 

  1. Agentlik tizimi xodimlari ishdan bo‘sh vaqtlarida umumqabul qilingan axloq normalariga rioya qilishlari va ularga zid bo‘lgan xulq-atvor va xatti-harakatlardan o‘zlarini tiyishlari shart.
  2. Agentlik tizimi xodimlari ishdan tashqari vaqtda quyidagilarga majbur:

milliy urf-odat, qadriyat va an’analarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

rasmiy e’lon qilingan ma’lumotlardan tashqari davlat xizmati faoliyatiga oid masalalarni muhokama qilmaslik;

jamoat joylarida (kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda) o‘zini tutish qoidalariga rioya etish, atrofdagilarning e’tiborini tortuvchi ortiqcha va salbiy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

jamoat tartibi va xavfsizligiga qarshi qaratilgan xatti-harakatlarni sodir etmaslik, mazkur noqonuniy harakatlarga boshqalarni jalb etmaslik yoki da’vat qilmaslik;

xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan idora va tashkilotlar rahbar va xodimlaridan, boshqa mansabdor shaxslaridan qimmatbaxo sovg‘a olmaslik;

xizmat guvohnomalarini saqlash va foydalanish tartibiga qat’iy rioya etish, ulardan xizmatga aloqador bo‘lmagan holatlarda foydalanmaslik, shu jumladan, vakolatli shaxslarga xizmat guvohnomasini ko‘rsatib, mavqeini suiiste’mol qilmaslik;

xizmat avtotransport vositalaridan xizmat faoliyatidan tashqari holatlarda shaxsiy va boshqa maqsadlarda foydalanmaslik;

ish faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotlarni ishga aloqador bo‘lmagan boshqa shaxslar ishtirokida muhokama qilmaslik;

shaxsiy transport vositalaridan foydalanishda belgilangan tartibga amal qilish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish;

tadbirkorlik yoki haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanmaslik, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

o‘zi faoliyat yuritgan davlat organlari va tashkilotlari hamda davlat xizmatiga dog‘ tushiruvchi xatti-harakatlardan tiyilish;

tashqi ko‘rinishini belgilangan me’yorlar doirasida saqlash, kamtarona kiyinish, atrofdagilarning e’tiborini o‘ziga ortiqcha jalb qiladigan tarzda kiyinmaslik.

 

6- bob. Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari

 

  1. Agentlik tizimi xodimlari ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik qilishi, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritilishiga ko‘maklashishi kerak.
  2. Davlat siyosati yoki davlat organlari va tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi ommaviy bayonotlar davlat organlari va tashkilotlari rahbari yoki mazkur yo‘nalish bo‘yicha vakolatli mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
  3. Quyidagi hollarda ommaviy bayonot berilishi mumkin emas:

ommaviy bayonot matni va mazmuni davlat siyosati yoki davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga aloqador bo‘lmasa;

ommaviy bayonotda keltiriladigan axborotlar davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lsa;

ommaviy bayonot boshqa davlat organlari va tashkilotlari nufuzini pasaytirish yoki ularning mansabdor shaxslarini kamsitishga yo‘naltirilgan bo‘lsa.

  1. Agentlik tizimi tashkilotlari faoliyatida jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida jamoatchilik tomonidan Agentlik tizimi tashkilotlari faoliyatiga oid ayblov yoki tanqid bildirilgan taqdirda, Agentlik tizimi tashkilotlarining rasmiy vakillari unga nisbatan bildirilgan ayblov yoki tanqidga ommaviy izoh yoxud raddiya berishi lozim.
  2. Agar ommaviy bayonotda fuqarolarning sha’ni hamda qadr-qimmatini kamsitadigan iboralar bo‘lsa, Agentlik tizimi xodimi o‘z fikrlarining yanglishligi yoki noto‘g‘riligini tan olishi hamda sha’ni, qadr-qimmatiga va ishchanlik obro‘siga daxl qilingan fuqarodan, agar qonun hujjatlarida boshqa oqibatlar nazarda tutilmagan bo‘lsa, kechirim so‘rashi shart.

 

7-bob. Xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid
odob-axloq qoidalari

 

  1. Agentlik tizimi xodimlarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.
  2. Agentlik tizimi xodimlarining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik va intizomni namoyon etishi lozim.
  3. Xodimlarning ish joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinishi rasmiylikni aks ettirishi, ortiqcha zeb-ziynatlarsiz bo‘lishi, shuningdek mehnat jamoasida milliy qadriyatlarimizni hurmat qilishi, atrofdagilarni e’tiborini jalb qilishga olib keladigan, kalta, ochiq kiyimlar, shuningdek sport kiyimlarini kiymasliklari (ishdan tashqari vaqtlar va dam olish kunlari bundan mustasno) kerak.

 

8-bob. Manfaatlar to‘qnashuvi

 

  1. Agentlik tizimi xodimlari mansab yoki xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymasligi kerak.
  2. Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda xodimlar o‘zining rahbarini darhol xabardor qilishi shart.

Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar olgan rahbar bu to‘qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o‘z vaqtida choralar ko‘rishga majbur.

 

9-bob. Agentlik tizimi xodimlarining manfaatini himoya qilish

 

  1. Agentlik tizimi xodimlarini xizmat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq tahdid, haqorat, tuhmat va qonunga xilof boshqa xatti-harakatlardan himoya qilish Agentlik tizimi tashkilotlari va tashkilotlarining rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishga to‘sqinlik qilish, jinoyat yoki boshqa huquqbuzarlik sodir etishga og‘dirishga qaratilgan murojaatlar, shuningdek, hamkasblari tomonidan sodir etilgan yoki sodir etishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan qonunbuzilishlar haqida xabar bergan xodimlarni vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tahdid va xavf-xatarlardan himoya qilish choralari ko‘riladi.

 

10-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish

 

  1. Agentlik tizimi xodimlari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat Odob-axloq komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
  2. Agentlik tizimi tashkilotlarida lavozimga tayinlangan xodimlar Kadrlar bilan ishlash xizmatlari tomonidan mazkur Odob-axloq qoidalari bilan tilxat asosida imzo qo‘ydirgan holda tanishtiriladi.
  3. Mazkur Odob-axloq qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi Agentlik direktorining (hududiy boshqarma va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari) ko‘rsatmasiga muvofiq Odob-axloq komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi.

Xizmat tekshiruvini o‘tkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

11-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik

 

  1. Agentlik tizimi xodimlari tomonidan Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik holati ularga nisbatan axloqiy va intizomiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.

Odob-axloq qoidalariga rioya etmaganlik uchun Odob-axloq komissiyasi tomonidan tizim xodimlariga quyidagi axloqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi:

ogohlantirish;

uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma keltirishni talab qilish;

Agentlikning kollegial yig‘ilishlarida tanbeh berish.

  1. Odob-axloq komissiyasi davlat xizmatchisiga nisbatan intizomiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun Agentlik direktoriga taqdimnoma kiritishi mumkin.

Odob-axloq komissiyasi odob-axloq qoidalari Agentlik rahbariyati tomonidan buzilgan taqdirda, ularga nisbatan tegishli chora ko‘rish masalasi yuzasidan takliflarni yuqori turuvchi davlat organi va tashkiloti rahbariga yuboradi.

  1. Xodimlarning Odob-axloq qoidalarini buzishi ularni qonunga muvofiq intizomiy va boshqa javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.

 

12-bob. Qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirish kiritish tartibi

 

  1. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar va huquqni qo‘llash amaliyoti, Agentlik tizimi tashkilotlarining tamoyillari va talablariga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritilganda mazkur Odob-axloq qoidalari Agentlik direktorining buyrug‘iga asosan qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi mumkin.

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda - Agentlik)ning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, oldini olish va tartibga solish tartibini belgilaydi.
  2. Ushbu Nizom talablari Agentlik tizimidagi barcha xodimlarga, ularning egallab turgan lavozimi va xizmat vakolatlaridan qatʼiy nazar, qo‘llaniladi.
  3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

yaqin qarindoshlar - qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, yaʼni ota-ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillari;

urug‘-aymoqchilik - xodimning umumiy ajdodga ega bo‘lgan muayyan qarindoshga mansubligi asosida uchinchi shaxslarga nisbatan subyektiv, iltifotli va noxolis munosabatda bo‘lish shaklidagi shaxsiy manfaatining namoyon etilishi;

manfaatlar to‘qnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik, Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimining mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir ko‘rsatayotgan yoxud taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan Agentlikning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat;

mahalliychilik - shaxsni faqatgina qarindoshligi (qarindoshni hamma bilishi/mashhurligi va uning jamoatchilik tomonidan keng eʼtirof etilganligi) va bunday shaxsning hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan organlardagi qarindoshlarining xizmat mavqei sababli lavozimga qo‘yiladigan malaka talablarini hisobga olmasdan ishga yollash, rotatsiya qilish, lavozimga tayinlash;

xodimning shaxsiy manfaatdorligi - Agentlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari tomonidan o‘z xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari, moddiy yoki nomoddiy qimmatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar ko‘rinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, moliyaviy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlari);

nepotizm (tanish-bilishchilik) - o‘zining yaqin qarindoshlari yoki do‘stlariga g‘ayriqonuniy imtiyozlar berish maqsadida hokimiyatdan foydalanish va (yoki) taʼsir o‘tkazish, shuningdek, yaqin qarindoshlari va (yoki) do‘stlariga asossiz mukofotlar hisoblash, Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari manfaatlari zarariga yaqin qarindoshlari va do‘stlarini ishga qabul qilish va lavozimga tayinlashlar;

homiylik - yon bosish, qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish shaklida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimini yuqoriroq lavozimdagi xodim tomonidan himoya qilinishi;

potensial manfaatlar to‘qnashuvi - xodimning, uning yaqin qarindoshlarining va (yoki) Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsning shaxsiy manfaatlari (shu jumladan shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlar) muayyan vaziyatlar yuzaga kelganda, ular Agentlikning manfaatlariga qarama-qarshi bo‘lishi va Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarishiga taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan vaziyat;

manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilish – xodimlar tomonidan potensialli yoki haqiqiy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida eʼlon qilish tartib-taomili;

haqiqiy manfaatlar to‘qnashuvi – xodimning, uning yaqin qarindoshlarining va (yoki) Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari yoki idoraviy mansub tashkilotlari bilan bog‘lik bo‘lgan shaxsning shaxsiy manfaatlari (shu jumladan shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlar) Agentlik manfaatlariga bevosita yoki bilvosita qarama-qarshi bo‘lgan vaziyat;

aloqador shaxslar – xodim bilan tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi holatlari bundan mustasno;

manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish - Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan xodimlarining xizmat majburiyatlari lozim darajada bajarilmasligi holati va (yoki) manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda ularning manfaatlari (shu jumladan shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy va boshqa tijorat yoki notijorat manfaatlar) Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining manfaatlaridan ustun kelishi xavfini kamaytirish yoki bartaraf etish;

favoritizm - Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari yoki idoraviy mansub tashkilotlari xodimi bir shaxs yoki bir guruh shaxslar manfaatlarini boshqa shaxs va (yoki) shaxslar guruhi manfaatlaridan ustun qo‘yish, shu bilan birga, Agentlikda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, lavozimi bo‘yicha ko‘tarish, mukofotlarni hisoblash va davlat mukofotlariga tavsiya qilish, mehnat taʼtillari berish yoki sanatoriyalar va xorij safarlariga yuborish, murojaatlarni ko‘rib chiqish navbatini, shuningdek, ish vaqti va navbatchilik grafiklarini belgilash shular jumlasidandir.

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari hamda ularning xodimlari manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish masalalarida quyidagi asosiy prinsiplarga rioya qilishlari shart:

fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari o‘z xizmat vazifalarini bajarishda davlat manfaatlarini shaxsiy manfaatdorligidan ustun qo‘yishi;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari tomonidan oshkoralik, vijdonlilik va xolislik asosida qarorlar qabul qilinishi;

xodimlar tomonidan potensial yoki haqiqiy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor qilishning majburiyligi;

manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik choralarning ustuvorligi;

manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini ko‘rib chiqish va manfaatlar to‘qnashuvini hal qilishda jamoaviylikka amal qilishi;

manfaatlar to‘qnashuvi alomatlari bilan tavsiflangan vaziyatlarni ko‘rib chiqish, baholash va hal qilishga xolis yondashuvi;

ushbu Nizomda belgilangan tartibda Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari tomonidan taqdim etilgan manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi;

agar xodim biron-bir qaror qabul qilishdan avval yoki o‘ziga yuklatilgan funksiyalarni bajarishdan oldin manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida tegishli tartibda xabar bergan hamda Agentlik manfaatlari foydasiga o‘z shaxsiy manfaatlaridan voz kechishga tayyor bo‘lsa, uni haqiqiy yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi sababli ishdan bo‘shatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

2-bob. Masʼul tarkibiy bo‘linmalar xodimlarining majburiyatlari va vakolatlari

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari o‘zlarining xizmat majburiyatlarini bajarishida va (yoki) Agentlikning manfaatlarini ifodalashda ushbu Nizomda belgilangan tamoyillarga amal qilishlari, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga olib keladigan vaziyatlardan o‘zlarini saqlashlari shart.
  2. Xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish uchun Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari:

ushbu Nizomning talablariga rioya qilishi;

faqat Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining manfaatlarini ko‘zlashi;

o‘z xizmat mavqeidan faqat Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining manfaatlarida foydalanishi;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining manfaatlariga zid keladigan yoki zid kelishi mumkin bo‘lgan shaxsiy manfaatlar to‘g‘risida Agentlikning Ichki nazorat va komplayens xizmatini xabardor qilishi;

Nepotizm (qarindoshlik), homiylik, favoritizm, mahalliychilik va urug‘-aymoqchilikning namoyon bo‘lishiga qatʼiy chek qo‘yishi;

potensial yoki haqiqiy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi maʼlumotlarni o‘z vaqtida va to‘liq oshkor qilishi;

o‘zining yaqin qarindoshlari va aloqador shaxslari to‘g‘risidagi maʼlumotlarning to‘liq ro‘yxatini, o‘zining va ularning nodavlat notijorat tashkilotlaridagi ishtiroki haqidagi maʼlumotlarni halol, to‘liq va vijdonan oshkor qilishi shart.

  1. Manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish maqsadida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimi quyidagi hollarda manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida xabar berishi kerak, agar:

xodimning bevosita bo‘ysunuvida yaqin qarindoshlari va (yoki) aloqador shaxslar bo‘lsa;

xodim yaqin qarindoshlari va (yoki) aloqador shaxslarga nisbatan xodimlarga (jumladan, ish haqini hisoblash va to‘lash, mukofotlar, ustamalarga taqdim etish va ularning miqdorini belgilashga) oid qarorlar qabul qilishda ishtirok etsa;

xodim va (yoki) uning yaqin qarindoshlari tijorat tashkilotlarida ulushlarga yoki aksiyalarga ega bo‘lsa (Respublika fond birjasida ommaviy muomalada bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam bo‘lgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi holatlari bundan mustasno);

xodim va (yoki) uning yaqin qarindoshlari nodavlat notijorat tashkilotining boshqaruvida maʼlum bir lavozimni egallab turgan bo‘lsa;

xodim o‘zining yaqin qarindoshlari va (yoki) u bilan aloqador shaxslar ishlaydigan Agentlik nazorati ostidagi tashkilotlarining faoliyatini nazorat qilishning alohida funksiyalarini bajarsa;

xodim Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan o‘zining shaxsiy manfaatdorligi bo‘lgan tovarlar, ishlar yoki xizmatlarni xarid qilish haqida qaror qabul qilishda ishtirok etsa.

  1. Ushbu Nizomning 6-ilovasida keltirilgan holatlardan tashqari boshqa holatlarda ham manfaatlar to‘qnashuvi vujudga kelishi mumkin. Manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligini aniqlash uchun har bir vaziyat barcha holatlar hisobga olingan holda alohida ko‘rib chiqiladi. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan yangi manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlangan taqdirda, mazkur Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi lozim.
  2. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

 

3-bob. Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish va ko‘rib chiqish tartibi

  1. Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni oshkor qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarida vakant bo‘lgan bo‘sh ish joylariga nomzodlarni lavozimga tayinlash va rotatsiya qilishda manfaatlar to‘qnashuvini dastlabki tarzda oshkor qilish;

manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni oshkor qilish (har yillik deklaratsiya);

potensial yoki haqiqiy manfaatlar to‘qnashuvi fakti bo‘yicha maʼlumotlarni oshkora qilish.

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining bo‘sh ish joylariga nomzodlarning, xodimlarning ularni lavozimga tayinlash va rotatsiya qilishda manfaatlar to‘qnashuvini dastlabki tarzda oshkor qilish Kadrlar boshqarmasi/bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi:

maʼlumotnoma-obyektivka va mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi (xodim tomonidan ichki hujjatlarda nazarda tutilgan hujjatlarni avval taqdim etganligidan qatʼiy nazar) maʼlumotlar (yaqin qarindoshlar, aloqador shaxslar, ustav kapitalida xodim yoki uning yaqin qarindoshlarining ulushi bo‘lgan yuridik shaxslar, nodavlat notijorat tashkilotlarida xodimning va (yoki) uning rahbarlik lavozimlarini egallab turgan yaqin qarindoshlarining ishtiroki);

ishga qabul qilinayotganida manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi yoki yo‘qligi haqida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza to‘ldiriladi.

  1. Manfaatlar to‘qnashuvini dastlabki tarzda oshkor qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

xodim tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni Kadrlar boshqarmasi/bo‘limining masʼul xodimi ularda manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi yoki yo‘qligi bo‘yicha tekshiradi. Manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanganida Kadrlar boshqarmasi/bo‘limining masʼul xodimi ushbu xodimning bevosita rahbariga mazkur manfaatlar to‘qnashuvi va uni hal qilish uchun chora ko‘rish zarurligi haqida yozma shaklda xabar qiladi;

xodimning bevosita rahbari ushbu maʼlumotni olgan paytdan boshlab manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish choralarini ko‘radi va bu haqda yozma shaklda xizmat xati ko‘rinishida Kadrlar boshqarmasi/bo‘limiga xabar qiladi;

Kadrlar boshqarmasi/bo‘limining masʼul xodimi xodimning bevosita rahbaridan ko‘rilgan choralar bilan xizmat xatini olgan paytdan boshlab 5 ish kuni ichida manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning yetarliligi va maqbulligini ko‘rib chiqish uchun aniqlangan manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi maʼlumotlarni Agentlikning Odob-axloq komissiyasining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritadi. Manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish bo‘yicha choralar ko‘rish yuzasidan qaror Agentlikning Odob-axloq komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari xodimi manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi maʼlumotni rotatsiya/lavozimga tayinlanishda manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi/yo‘qligi haqida ariza berish va har yili mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda ariza topshirish yo‘li bilan har yili oshkor qilishi lozim.

Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi maʼlumotlarni har yili oshkor qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining barcha xodimlari hisobot davrida yuz bergan voqealar va o‘zgarishlarni hisobga olgan holda manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida Kadrlar boshqarmasi/bo‘limiga bir yilda bir marta xabar berishi shart;

Agentlik Kadrlar boshqarmasi/bo‘limiga tomonidan har yili 15 yanvargacha Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlarida manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/yo‘qligi haqida xabar berish zarurligi to‘g‘risida topshiriq beriladi;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari xar yili 15 fevralgacha manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi maʼlumotni rotatsiya/lavozimga tayinlanishda va mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda har yili ariza topshirishda manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi/yo‘qligi haqidagi arizani to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirishlari va to‘ldirilgan arizani Kadrlar boshqarmasi/bo‘limiga taqdim qilishlari lozim;

Agentlik Tashkiliy-nazorat boshqarmasi xodimlarda manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/yo‘qligi haqida xabar berish zarurligi to‘g‘risidagi topshiriqni barcha Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining Kadrlar boshqarmasi/bo‘limi 10 martgacha manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligini ko‘rsatgan xodimlarni aniqlash uchun manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi yoki yo‘qligi haqida olingan arizalarni tahlil kiladi;

bunday xodimlar haqidagi maʼlumot ularning bevosita rahbarlariga yetkaziladi hamda Agentlik Odob-axloq komissiyasiga yoki Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmatiga yuboriladi (agarda, Agentlik Odob-axloq komissiya aʼzolarida manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan taqdirda);

Agentlik Odob-axloq komissiyasi xodimning bevosita rahbari va (zarurat bo‘lganda) xodim ishtirokida 20 martgacha manfaatlar to‘qnashuvi holatini ko‘rib chiqadi va manfaatlar to‘qnashuvi bilan tavsiflanadigan vaziyatlarni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi yoki manfaatlar to‘qnashuvi mavjud emasligi haqida qaror chiqaradi;

manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi/yo‘qligi va ularni hal qilish bo‘yicha mo‘ljallanayotgan choralar haqidagi yakuniy qaror Agentlik Odob-axloq komissiyasining bayonnomasiga kiritiladi va xodimga yetkaziladi. Manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlarni amalga oshirish ustidan nazorat qilish bo‘yicha javobgarlik xodimning bevosita rahbari zimmasida bo‘ladi;

Agentlik Kadrlar boshqarmasi/bo‘limiga tomonidan 25 martgacha mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari reyestriga kiritiladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqidagi elektron maʼlumotlarni jamlaydi va saqlaydi;

har yili I chorakda Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmati Agentlikning Kadrlar boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish, aniklash va hal qilish bo‘yicha statistika tahlilini Agentlik Direktoriga kiritadi.

  1. Mavjud yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqishi fakti bo‘yicha maʼlumotlarni oshkor qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining har qanday xodimida manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqqanda, u bu haqda bevosita rahbariga haqiqiy yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvi sifatida tavsiflanadigan holatni batafsil bayon etib mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shaklda xabar berishi lozim;

ko‘rsatilgan maʼlumot xodimlar tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqqan yoki xodimga manfaatlar to‘qnashuvi maʼlum bo‘lgan paytdan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida yozma shaklda taqdim etilishi kerak;

xodimning bevosita rahbari xodimdan yozma xabarni olgan paytdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi maʼlumotni ko‘rib chiqishi va manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lganida xodimning manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqish ehtimoli haqidagi xabarnomasida tegishli maʼlumotni to‘ldirib, uni hal qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi va qabul qilish lozim;

xabarnoma xodim tomonidan bir ish kuni ichida Kadrlar boshqarmasi/bo‘limiga ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish uchun taqdim etiladi;

Kadrlar boshqarmasi/bo‘limi xabarnomani olib, bir ish kuni ichida manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning yetarliligi va maqbulligi haqida qaror chiqarish uchun Agentlik Odob-axloq komissiyasining eng yaqin vaqtdagi majlisi kun tartibiga kiritishi lozim. Agentlik Odob-axloq komissiyasining qarori Odob-axloq komissiyasining majlisi bayonnomasiga kiritiladi va xodimga u tuzilgan paytdan boshlab uch ish kuni ichida maʼlum qilinadi. Agentlik Odob-axloq komissiyasining aʼzosi, agar unda Komissiya majlisida manfaatlar to‘qnashuvi ko‘rib chiqilayotgan xodimga nisbatan manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lganda qaror qabul qilishda ishtirok etmaydi;

agar manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘lik bo‘lgan aniq vaziyat Agentlik Odob-axloq komissiyasining aʼzolariga aloqador bo‘lsa, bunday maʼlumotlar olingan kundan boshlab bir ish kuni ichida Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmatiga taqdim etilishi lozim;

manfaatlar to‘qnashuvining hal etilishiga qarab Agentlik Odob-axloq komissiyasi tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida xulosa qilinadi hamda hal qilish uchun Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbariga ko‘rib chiqishga taqdim etiladi;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari tomonidan oshkor etilgan mavjud yoki potensial manfaatlar to‘qnashuvi hamda ularni hal etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqidagi maʼlumot Agentlik Odob-axloq komissiyasining majlisi bayonnomasi tuzilganidan so‘ng uch ish kuni ichida Reyestrda aks ettiriladi.

4-bob. Manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish choralari

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining manfaatlarining buzilishini oldini olish uchun mavjud manfaatlar to‘qnashuvini hal qilish choralari imkon qadar tezroq amalga oshirilishi lozim.
  2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligida manfaatlar to‘qnashuvlarini boshqarishda quyidagi choralar belgilanishi kerak:

bevosita bo‘ysunadigan xodimni yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxs bo‘ysunuviga o‘tkazish;

manfaatlar to‘qnashuvi predmeti bo‘lgan masalalarni muhokama qilishda va ular bo‘yicha qaror chiqarish jarayonida qatnashishdan xodimning o‘z ixtiyoriga ko‘ra chetlashish/o‘zini o‘zi rad etishi yoki uni majburan (doimiy yoki vaqtincha) chetlashtirilishi;

manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun xodimning lavozim majburiyatlari doirasini qayta ko‘rish;

xodim tomonidan uning shaxsiy manfaatdorligi bo‘lgan va manfaatlar to‘qnashuvi predmeti bo‘lgan Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining maʼlumotlari va hujjatlaridan foydalanilishini cheklash;

yuqoriroq lavozimni egallab turgan yaqin qarindosh va (yoki) aloqador shaxsga nisbatan lavozimni ko‘tarish, faoliyatini baholash, mukofot pullarini to‘lash va ish haqqiga ustamalarni hisoblash, o‘qishga va treninglarga hamda har qanday masalalar bo‘yicha xorijga yuborish, mehnat taʼtiliga chiqishga rozilik berish va ish haqqini nazorat qilish haqida jamoaviy tarzda qaror qabul qilinishini taʼminlash;

xodimni manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq bo‘lmagan mehnatga oid funksiyalarni bajarishini nazarda tutadigan lavozimga o‘tkazish va boshqa holatlar.

  1. Istisno holatlarda, ushbu Nizomning 13-bandida sanab o‘tilgan choralar manfaatlar to‘qnashuvini to‘liq tartibga solmagan taqdirda, quyidagi tartibga solish choralari ko‘rilishi mumkin:

xodim tomonidan Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining manfaatlariga to‘qnash keladigan shaxsiy manfaatdorligidan voz kechishi;

xodim tomonidan Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining manfaatlariga to‘qnash keladigan shaxsiy manfaatdorligidan voz kechmaganda uni ishdan bo‘shatish (mehnat shartnomasini bekor qilish)ga tavsiya berish.

  1. Har bir vaziyatda, manfaatlar to‘qnashuvi predmetini belgilab beradigan faktdan kelib chiqib, xodim bilan Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining kelishuviga ko‘ra uni hal qilishning boshqa choralari qo‘llanilishi mumkin. Ko‘riladigan barcha choralar qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lishi va mazkur Nizomda belgilangan tamoyillarni amalga oshirishni taʼminlashi lozim.

5-bob. Axborotning konfidensialligi

  1. Manfaatlar to‘qnashuvini hal qilishda qatnashadigan xodimlar olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashi va ushbu maʼlumotlardan faqat ko‘rib chiqish, hisobga olish va hal etish choralarini ko‘rish hamda ushbu jarayonni nazorat qilish uchun masʼul bo‘lgan shaxslar tomonidan foydalanilishini taʼminlashi lozim.
  2. Fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlarida manfaatlar to‘qnashuvi fakti yoki gumoni haqidagi xabar bilan Agentlikka murojaat qilinganida uni ko‘rib chiqish Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining Kadrlar boshqarmasi/bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.

6-bob. Reyestrni yuritish va saqlashga qo‘yiladigan talablar

  1. Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining Kadrlar boshqarmasi/bo‘limi manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining hisobini mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda Reyestrga kiritish yo‘li bilan o‘z vaqtida va to‘liq yuritishlari shart.
  2. Agentlikning har bir hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining Kadrlar boshqarmasi/bo‘limi tegishli Agentlik xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining hisobini o‘z vaqtida va to‘liq yuritilishiga javobgar hisoblanadi.
  3. Agentlik Kadrlar boshqarmasi manfaatlar to‘qnashuvi holatlari haqidagi maʼlumotlarni Agentlik hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar Reyestrini har chorakda (yoki zaruratga ko‘ra) yig‘ish va umumlashtirish yo‘li bilan to‘plashi lozim.
  4. Maʼlumot Reyestrga quyidagi hollarda kiritilishi kerak:

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga ishga qabul qilishda – Agentlik Odob-axloq komissiyasining bayonnomasi tuzilgan paytdan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan, agar nomzod manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi/yo‘qligi haqida arizada manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligini ko‘rsatgan bo‘lsa va Agentlik Odob-axloq komissiyasi manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishi mumkinligi faktini tasdiqlasa;

lavozimga tayinlash/rotatsiya vaqtida manfaatlar to‘qnashuvini oshkor qilishda - Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining rahbari tomonidan buyruq imzolangan paytdan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan;

manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishiga ko‘ra – Agentlik Odob-axloq komissiyasining bayonnomasi tuzilgan paytdan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan, agar Agentlik Odob-axloq komissiyasi manfaatlar to‘qnashuvi kelib chiqishi mumkinligi faktini tasdiqlasa;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining xodimlari tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi maʼlumotni har yili deklaratsiya qilinganda - mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq;

Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmati tomonidan Reyestrga maʼlumot kiritish haqida bevosita ko‘rsatma bo‘lganida korrupsiyaviy tavsifdagi maʼlumotni xabar qilish uchun manfaatlar to‘qnashuvining mavjudligi haqida aloqa kanallaridan olingan maʼlumot tasdiqlanganda;

ichki xizmat tekshiruvlari o‘tkazilganda va Agentlikning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati va talablariga rioya qilinishi monitoring qilinganda hamda Agentlik Ichki nazorat va komplayens xizmati tomonidan Reyestrga maʼlumot kiritish haqida bevosita ko‘rsatma bo‘lganida.

Xodimlarning manfaatlar to‘qnashuviga tegishli bo‘lgan ariza va xabarnomalari hamda boshqa maʼlumotlar Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining Kadrlar boshqarmasi/bo‘limida saqlanishi shart.

7-bob. Javobgarlik

  1. Egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar, barcha xodimlar, ushbu Nizomning talablariga rioya qilish, shuningdek, o‘z manfaatlarining to‘qnashuvi to‘g‘risida Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga o‘z vaqtida va to‘liq maʼlumot berish bo‘yicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
  2. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari kelib chiqqan xodimlar tegishli maʼlumotni tahlil qilish va boshqa tekshirishlarni o‘tkazishda Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining masʼul shaxslariga ko‘maklashishlari lozim.
  3. Xodimning manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yashirishi va (yoki) qasddan o‘z vaqtida yoki to‘liq oshkor etmasligi, Agentlik manfaatlarining buzilishiga olib kelganligi yoki olib kelmaganligidan qatʼiy nazar, qabul qilingan axloqiy normalar, mehnat intizomi hamda Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining ichki talablari buzilishi sifatida qaraladi.
  4. Manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi maʼlumotlarni umumlashtirish, ko‘rib chiqish hamda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bo‘yicha masʼul xodimlar, shu jumladan ushbu maʼlumotlardan foydalanish vakolatiga ega xodimlar tomonidan axborot konfidensialligining har qanday ko‘rinishda buzilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
  5. Xodimda u ongli ravishda mazkur Nizomda belgilangan tartibda masʼul mansabdor shaxslarga xabar bermagan, xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmasligiga olib kelgan va (yoki) Agentlik manfaatlarining buzilishiga olib kelgan manfaatlar to‘qnashuvi aniqlanganda, bunday xodim O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va Agentlikning ichki mehnat hujjatlarida belgilangan asoslarda va tartibda intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

27877 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текстPowered by GSpeech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu