Xalqaro hamkorlik faoliyati to‘g‘risida

Agentlikning Xalqaro hamkorlik faoliyati to‘g‘risida tahliliy ma’lumotnoma

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xalqaro hamkorlik va protokol boshqarmasi (bundan buyon matnda – Boshqarma deb yuritiladi) Agentlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Boshqarma Agentlikning 2019 yil 30 sentabrdagi
209K-LS-sonli
buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

Quyidagilar Boshqarma faoliyat yo‘nalishi xisoblanadi:

Agentlik faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini olib borish va kengaytirish;

Agentlik vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi delegatsiyalar bilan uchrashuv va muzokaralarni tashkil etish, o‘tkazish hamda yakuni bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilishi ta’minlash;

Agentlik tomonidan xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan grant dasturlari ijrosini ta’minlashda ishtirok etish, grant mablag‘lari doirasida xorijiy konsultant va ekspertlar jalb etilishini tashkillashtirish;

xorijiy Hukumat va nohukumat tashkilotlar, xalqaro institutlar hamda chet el kompaniyalari bilan birgalikda Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan seminarlar, o‘quv kurslari, ma’lumot va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, amalga oshirilishini tashkil etish va samaradorligini baholab borish;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining chet el mamlakatlari bilan Hukumatlararo (hamda Idoralararo) komissiyalari ishida Agentlik faoliyatiga oid masalalarda ishtirok etish;

O‘zbekiston Respublikasi sudlarining mulkni davlat daromadiga o‘tkazishga oid tegishli ajrimlarini ularning ijrosini ta’minlash maqsadida xorijiy davlatlarning vakolatli organlarini o‘rnatilgan tartibda yuborish choralarini ko‘rish;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar faoliyatiga qo‘shilishi, jumladan Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi masalasida Agentlik faoliyatiga oid masalalar yuzasidan belgilangan tartibda ishtirok etish;

sohaga tegishli davlatlararo shartnomalar, xalqaro loyiha va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

shuningdek, Agentlikning xorijiy hamkorlari (xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy investorlar va ekspertlar, xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari, xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari, horijiy tashkilotlar) bilan munosabatlarni o‘rnatish, rivojlantirish va hamkorlikda tadbirlarni amalga oshirishda Agentlik nomidan yagona rasmiy koordinator hisoblanadi.

Quyidagilar Boshqarma faoliyat yo‘nalishi tartibi xisoblandi:

xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlar bilan Agentlik faoliyatiga taalluqli masalalar bo‘yicha, jumladan ularning murojaatiga asosan uchrashuvlar tashkil etish, ularning reestrini yuritish, uchrashuvlar natijasi bo‘yicha Agentlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijro etilishini tashkil etish;

Agentlikka taalluqli masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Hukumati va vakolatli vazirlik va idoralari timsolida) xorijiy Hukumat va nohukumat tashkilotlar, xalqaro institutlar hamda chet el kompaniyalari bilan tuzgan kelishuv va shartnomalarini o‘rganib chiqish va tegishliligi bo‘yicha yuklatilgan topshiriqlar ijro etilishini tashkil etish;

xorijiy Hukumat va nohukumat tashkilotlar, xalqaro institutlar hamda chet el kompaniyalari bilan birgalikda seminarlar, o‘quv kurslari, ma’lumot va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish, amalga oshirilishini tashkil etish va samaradorligini baholab borish;

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalari hamda tarkibiy bo‘linmalari mas’ul xodimlarining xalqaro tashkilotlar, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini muvofiqlashtirib borish, ularning chet el mamlakatlariga xizmat safarlari, malaka oshirish va tajriba almashish kurslaridagi ishtiroki bo‘yicha monitoring yuritish;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining chet el mamlakatlari bilan Hukumatlararo (hamda Idoralararo) komissiyalari ishida Agentlik faoliyatiga oid masalalarda ishtirok etish;

O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lib kirishi bo‘yicha yig‘ilishlarda Agentlikning tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda ishtirok etish;

sohaga tegishli davlatlararo shartnomalar, xalqaro loyiha va dasturlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, zaruratga ko‘ra konsultant va ekspertlarni jalb etish;

yetakchi xorijiy kompaniyalar, tashkilot va agentliklarining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida ish tajribasini o‘rganish hamda ularning ilg‘or jihatlarini Agentlik tizimida tadbiq qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy mamlakatlar elchixonalari, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari bilan o‘rnatilgan tartibda muntazam aloqalarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;

boshqarma qonun hujjatlariga, Hay’at qarorlari va Agentlik direktori topshirig‘iga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Boshqarma o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

boshqarmaga yuklatilgan vazifalar doirasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi nomidan vakillikni ta’minlash va muzokaralar olib borish;

belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalaridan o‘rnatilgan tartibda boshqarma faoliyatida kerakli va muhim bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rash va olish;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida mulkni boshqarish uchun zarur bo‘lgan mustaqil ekspertlarni, auditorlik, advokatlik, konsalting firmalarini, sug‘urta kompaniyalari hamda boshqa xizmat ko‘rsatish kompaniyalari va tashkilotlarini, shu jumladan xorijiy tashkilotlarni jalb etish bo‘yicha taklif kiritish;

O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga qadar, chet elda joylashgan mulkni O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi muassasalari ehtiyoji uchun o‘sha joydagi davlat va O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlat idorlarining xorijiy vakolatxonalari bilan kelishgan holda vaqtincha beg‘araz berish bo‘yicha taklif kiritish;

talabnoma va buyurtmaga binoan umumiy asoslarda zarur texnik vositalarni, jixozlarni, ish yuritish ashyolarini olish;

Boshqarma qonun xujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Boshqarmaning o‘ziga yuklatilgan vazifalarini amalga oshirishda zarur bo‘lgan axborotlarni olish bo‘yicha talablari Agentlik Markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari uchun majburiydir.

11014 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текстPowered by GSpeech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu