1. Shartnomalarni rasmiylashtirish va ijrosi monitoringi boshqarmasining
2020 yilda amalga oshirilgan ishlar:
2020 yil davomida 2 057 ta davlat aktivlariga jami
16,8 trln. so‘m investitsiya kiritilishi va 62 958 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishining nazorati olib borildi.
Shundan, joriy yilning o‘zida 4,3 trln. so‘m investitsiya kiritildi, 639 ta obyekt to‘liq ishga tushdi va 19 881 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Yaratilgan yangi ish o‘rinlarining 7 261 tasini yoshlar,
7 473 tasini ayollar va 2 009 tasini kam taʼminlanganlar tashkil etadi.
To‘liq ishga tushgan obyektlarda ishlab chiqarish hajmi
474,9 mlrd. so‘mni, shuningdek eksport hajmi 26,5 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Shu bilan birga pandemiya davrida 630 ta tadbirkorning
570,0 mlrd. so‘m miqdoridagi investitsiya majburiyatlari muddati uzaytirib berildi. Shundan, 129 ta obyektni ishga tushirish muddati 2021 yilga ko‘chirildi. Ushbu obyektlar bo‘yicha 4 515 ta yangi ish o‘rinlari yaratish va 284,2 mlrd. so‘m investitsiya kiritish rejalashtirilgan.