Markaziy apparat

Turayev Farxod Batirovich

Direktorning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi

Dushanba - Juma soat 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-22-72

Ohunov Shoxruh Baxodir o'g'li

Davlat aktivlarini xususiylashtirishga tayyorlash va xususiylashtirish departamenti boshligʻi

Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-20-23
  • Davlat aktivlarini xususiylashtirish departamentiga rahbarlik qilish, Agentlik direktorining qonuniy topshiriqlarini o‘zi va Departament xodimlari tomonidan o‘z vaqtida va aniq bajarilishini taʼminlash;

  • Davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishdan oldin tayyorlashning, shu jumladan ularning jozibadorligini oshirishni ko‘zda tutuvchi samarali mexanizmlarni joriy etishda ishtirok etish;

  • Xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlarini jumladan, bozor va savdo komplekslarini sotishdan oldin tayyorlashni amalga oshirish;

  • Davlat aktivlarini jumladan, bozor va savdo komplekslarini xususiylashtirish masalalari yuzasidan Davaktiv agentligining hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • Agentlikning davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha tegishli Departamentlari tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlari loyihalarini ko‘rib chiqishda qatnashish va mazkur dasturlar qabul qilinganidan so‘ng ularni amalga oshirishda ishtirok etish;

  • Xususiylashtirish belgilangan davlat aktivlarining (erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashlari qarorlari bo‘yicha sotiladigan davlat mulki obyektlaridan tashqari) jumladan, bozor va savdo komplekslarini sotuvchisi funksiyasini amalga oshirishda, ularning boshlang‘ich sotuv narxini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilashda ishtirok etish;

  • Davlatga tegishli qimmatli qog‘ozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va xorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va xalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotish bo‘yicha ishlarda ishtirok etish;

  • Xususiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qilishda hamda xususiylashtirish belgilangan davlat aktivlarini sotilishining ochiqligi va shaffofligini taʼminlaydigan xususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etishda, shu jumladan mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish jarayonida ishtirok etish;

  • Davlat aksiyalar paketlarini (ulushlarni) va boshqa mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladigan va faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritish ishlarida ishtirok etish;

  • Davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha tuziladigan oldi-sotdi shartnomalarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi, shu jumladan investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini tashkil etish;

  • Mehnat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, mehnat intizomiga qatiy rioya qilish;

  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilish;

  • Agentlikning mol-mulkini asrab-avaylash;

  • Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish;

Nabiev To’lqin Nabievich

Strategik rejalashtirish, metodologiya, tarkibiy va hududiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish yigʻma axborot-tahlil departamenti boshligʻi

Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-20-39

Qurbonaliyev Sanjar Sabriddinovich

Davlat ishtirokidagi korhonalarda korporativ munosabatlarni ta'minlash departamenti

Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-21-73
  • davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, davlat unitar korxonalarining (keyingi o‘rinlarda davlat ulushi mavjud korxonalar deb yuritiladi) samarali biznes-rejalarini ishlab chiqilishini va ularni bajarilishini monitoring qilish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat ishtirokidagi korxonalarda samarali dividend siyosatini olib borish;
  • davlat ulushi mavjud korxonalar va ularning tarkibidagi korxonalar to‘g‘risidagi hisobotlar va axborot, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan idoralararo elektron hujjat aylanishi vositasida olinadigan hisobotlar asosida tahlil va monitoring qiladi;
  • hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tuzilmalar bilan birgalikda Boshqarmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash.

Mamatov Odiljon Abdugaparovich

Davlat aktivlarining hisobini yuritish boshqarmasi boshligʻi

Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-22-12
  • xo‘jalik jamiyatlari (bundan buyon matnda xo‘jalik jamiyatlari deb ataladi) ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) bo‘yicha samarali boshqarishni tashkillashtirish;
  • ilg‘or xorijiy tajriba asosida xo‘jalik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshkaruv shakl va usullarini joriy qilish, ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirish;
  • xo‘jalik jamiyatlarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari tavsiyalari asosida bosqichma-bosqich ichki va tashqi bozorlarda raqobatlasha oladigan, samarali korxonalarga aylantirishga ko‘maklashish;
  • xo‘jalik jamiyatlari faoliyatining samaradorligi va shaffofligini taminlash, boshqaruv tuzilmasini optimallashtirish, yuqori daromadlilik va kapitalizatsiyani oshirish, sohasiga kirmaydigan va foydalanilmayotgan aktivlarini chiqarib tashlashga qaratilgan rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni muvofiqlashtirish;
  • xo‘jalik jamiyatlarining obligatsiya va aksiyalarini chiqarish va realizatsiya qilish, shu jumladan mahalliy va xorijiy fond birjalarida IPO/SPO bo‘yicha emissiyalarni joylashtirish hisobiga, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, shuningdek portfel investitsiyalarni jalb qilishda ko‘maklashish.

Abdujambulov Ilyosbek Mo‘minjon o‘g‘li

Axborot xizmati rahbari – Agentlik direktorining matbuot kotibi

Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-22-50
  • Agentlik faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, Agentlikning rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
  • Agentlikda mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiy etish jarayoni haqida axborot berish va yoritish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • Agentlikning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini o‘rganish;
  • Axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Radjabov Baxtiyorjon Muxammadjanovich

Baholash va rieltorlik faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-20-95
  • baholash faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishini ta’minlash, mol-mulkni baholash standartlarini tasdiqlash;
  • baholash faoliyati sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;
  • baholash faoliyatini litsenziyalash;
  • baholovchilarni sertifkatlash va toifalash;
  • rieltorlarni sertifikatlash;
  • baholash faoliyatiga oid xalqaro tajribani va hozirgi zamon tendensiyalarini o‘rganish;
  • ish davrida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish.

Vakant

To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonini yuritish boshqarmasi

Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-21-24
  • davlat aksiyalar paketlarini (ulushlarni) va boshqa mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladigan va faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritadi;
  • xususiylashtirish ob’ektlarining (erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlari qarorlari bo‘yicha sotiladigan davlat mulki ob’ektlaridan tashqari) sotuvchisi funksiyasini amalga oshiradi, ularni xususiylashtirishning boshlang‘ich shartlarini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va boshqa shartlarini belgilaydi, shu jumladan davlatga tegishli qimmatli qog‘ozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va xorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va xalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotadi.

Sulaymanov Fayzulla Xabibullayevich

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish boshqarmasi boshligʻi

Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-21-28
  • Agentlik tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
  • Jismoniy va yuridik shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish hamda innovatsiyalarni joriy etish;
  • Agentlik tizimida foydalanish uchun axborot tizimlarni ishlab chiqishda qatnashish, ularni sinovdan o‘tkazish hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash;
  • Agentlikning ma’lumotlarni uzatish korporativ tarmog‘ini ekspluatatsiya qilish;
  • Agentlik hamda boshqa vazirlik va idoralar o‘rtasida elektron axborot almashinuvini tashkil etish;
  • Agentlik tizimidagi mavjud axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlash;
  • Agentlik va uning hududiy organlarida axborot xavfsizligi siyosati talablariga rioya etilishini ta’minlash.

Gaziyev Ulug‘bek Ubaydullayevich

Shartnomaviy-huquqiy munosabatlar va daʼvo ishlarini yuritish boʻyicha yuridik boshqarma boshligʻi

Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-21-77
  • Yuridik boshqarmasiga rahbarlik qilish, Agentlik direktorining qonuniy topshiriqlarini o‘zi va boshqarma xodimlari tomonidan o‘z vaqtida va aniq bajarilishini ta’minlash;
  • Agentlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari, shuningdek uning idoraviy mansub tuzilmalarining Agentlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish yuzasidanyuridik xizmatga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni olish;
  • Agentlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini, shu jumladan, qonunchilikka zid bo‘lgan, qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini ijrochilariga puxta ishlash uchun qaytarish, o‘z e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida huquqiy xulosalar berish, rahbariyat topshirig‘iga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan boshqa bo‘linmalar bilan birgalikda ushbu loyihalarni puxta ishlashda qatnashish;
  • Agentlikning manfaatdor tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Agentlik faoliyatiga taalluqli qonunhujjatlari loyihalariniishlab chiqishda qatnashish, shuningdek ayrim hollarda Agentlik direktori topshirig‘iga muvofiq qonun hujjatlari loyihalarini va boshqa materiallarni tayyorlash uchun Markaziy apparat tarkibiy tuzilmalari, hududiy organlar va Agentlikning tuzilmalari tomonidan axborot materiallarini taqdim etish ishini tizimlashtirish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish.

G‘afurov Murodjon Raximjonovich

Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasini yuritish boshqarmasi boshligʻi

Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-22-97

Kadirova Saltanat Mirbasidovna

Birinchi boʻlim

Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-22-68

Vakant

Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlimi boshligʻi

Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-20-10
  • Zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kadrlarni saralab olish va joy-joyiga qo‘yishning maksimal darajada shaffof va adolatli tartibini joriy etish;
  • Muvaffaqiyatli xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda menejmentning zamonaviy tizimlari asosida kadrlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish;
  • Kadrlarni boshqarish sohasida xodimlar tarkibining son va sifat xususiyatlari davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishiga erishish va uni saqlab qolishga yo‘naltirilgan siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;
  • Davlat organlari va tashkilotlarning mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga, ularni rivojlantirish strategiyalariga, shuningdek, mehnat bozoridagi o‘zgarib borayotgan tashqi va ichki kon’yunkturaga mos ravishda qanoatlantirish;
  • Davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun mansab pog‘onalaridan ko‘tarilishda mehnat faoliyatini axloq-iroda sifatlari, iqtidori va ko‘nikmalarini ob’ektiv baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratish;
  • Kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish va maksimal to‘liq ishtirok etishini ta’minlash asosida davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga erishishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirishda ko‘maklashish;
  • Davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib bo‘lmaydigan munosabatni shakllantirish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish;
  • Muntazam asosda kadrlarning professional darajasini oshirish, bunda ularning uzluksiz ta’lim olishini (sohaga oid va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda), shu jumladan xorijda tashkil etish.
  • Kadrlar strategiyasini ishlab chiqish va xodimlarni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish.

Safarov Bekzod Ulugʻbekovich

Xalqaro hamkorlik va Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘limi boshlig‘i

Dushanba - Juma soat 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-22-83

Isroilov Dilshodbek Rustamovich

Ishlar boshqaruvchisi

Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-21-21

Alibekov Timur Abdumuxtorovich

Ichki audit xizmati boʻlimi boshligʻi

Dushanba - Juma soat 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-22-47

Rajabov Abdubanno Xoshimjanovich

Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens bo‘limi boshlig‘i

Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
+998 (71) 259-22-44
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текстPowered by GSpeech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu